Get Mystery Box with random crypto!

Ish tanlash Musicha ikki haftadan beri hovlimizga in qurishga | Aziz Rahimov

Ish tanlash

Musicha ikki haftadan beri hovlimizga in qurishga harakat qilyapti.

Inini 3 marta qaytadan qurishga to’g’ri keldi. 2ta tuxumi ham sindi.

Sababi oddiy — eshik ustiga qurayapti. Har eshik ochilganda qushlar uchib ketib, in to’kilib tushyapti.

Qattiq mehnat qilishyapti. Noto’g’ri joyda bo’lgani uchun natija bo’lmayapti.

Ajoyib xulosa oldim:

Qanday ishlashingiz ikkinchi darajada. Nima qilishingizni, qayerda qilishingizni yaxshilab tanlang.

@azizrakhimov_blog