Get Mystery Box with random crypto!

Juma bilan tabriklash masalasida shar’iy hukm haqida gapirmoqc | Aziz Khushvaktov

Juma bilan tabriklash masalasida shar’iy hukm haqida gapirmoqchi emasman, umuman, shar’iy hukm haqida emas bu gapim, hayotiy tajriba asosida tavsiya, xolos: ba’zi bir guruhlar nimaningdir muhokamasi yoki aniq bir maqsad uchun ochilgan, unda ortiqcha gap bo‘lmaydigan, faqat o‘sha mavzu yuzasidan muhokama bo‘ladigan bo‘ladi. Shunday guruhlarga juma tabrigi, ramazonning nechanchidir kuni tabrigi, saharlikka turganlar haqqiga duo postlarni ulashmagan yaxshi deb o‘ylayman. Shuningdek, juda band kishilar, tolibi ilmlarni ham bunday "ulashishlar" bilan bezovta qilmagan ma’qul. Yaxshisi, vaqti-vaqti bilan hol so‘rab qo‘ying, haqqiga g‘oyibona duoda bo‘lavering.

@IbnuYusuf