Get Mystery Box with random crypto!

Inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan qarorlar, tan | Aziz Khushvaktov

Inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan qarorlar, tanlovlar bor. Bunday qarorlarni qabul qilishdan oldin shoshmasdan yaxshilab o'ylab ko'rish kerak. Shunday tanlovlardan bir -- kasb tanlash. Siz tanlagan sohani uzoq yillar davomida qilishga, undan zerikib qolmaslikka ishonsangizgina shu kasbni tanlang ( bu hamma joyda aytiladigan, siyqasi chiqqan gap. Lekin haqiqat shunday ). Albatta har qanday sohada qiyinchiliklar bo'ladi. O'zingizni turli xil sohalarda sinab ko'rishdan qo'rqmang .

Hozirgi kunda IT sohasiga bilib-bilmasdan, bu qanday soha, o'zi nima ish qilinadi, bu sohani o'rganishdagi protsess qanday bo'lishi haqida tasavvurga ham ega bo'lmasdan kirib kelayotganlar juda ko'p. Bunday insonlarning bir qismi bu sohani tashlab ketishadi, sabr qilib oxirigacha borganlar esa o'rganishdagi qiyinchiliklarni o'zlari bilishadi.

Hozirda trentda bo'lgan, hamma o'rganayotgan sohani emas, o'zingizga mos bo'lgan kasbni tanlang!

IT sohasini o'rganmoqchi bo'lib turganlarga maslahatim: bu sohani o'rganishga jiddiy kirishishdan ya'ni qimmat laptop sotib olib, o'quv markazga yaxshigina pul to'lab qo'yishdan oldin, ozroq shu sohani o'zingiz mustaqil o'rganib umumiy tushuncha hosil qilib oling. Keyin bemalol tanlov qilaverasiz.