Get Mystery Box with random crypto!

Havo kemasida uchishi mumkin bo'lgan jonivorlar haqida Havo k | Azcity Group

Havo kemasida uchishi mumkin bo'lgan jonivorlar haqida

Havo kemasi sahnida jonivorlarni tashish uchun, yo‘lovchi jonivorni qo‘l yuki uchun belgilangan o‘lchamlardan (uch tomon yig‘indisi= 115 sm, tavsiya etilgan o‘lchamlar 46x28x24 sm) oshmaydigan konteyner bilan ta’minlashi kerak. Konteyner pastki qismi suv o‘tkazmaydigan va changni yutadigan material bilan qoplanishi, eshigi esa qulflanadigan bo‘lishi shart. Jonivorlarni qafasdan chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Quyidagi jonivorlarni kema sahnida tashishga ruxsat etiladi:
mushuk,
kuchuk,
toshbaqa,
parranda,
to'tiqush,
zuluk

Jonivorlar vazni qafas bilan birga 8kg.dan oshmasligi kerak. Aks holda, jonivor yuk bo‘linmasida olib ketiladi. Sayohat uchun kerak bo'ladigan hujjatlar ro'yxatini bilish uchun: 71 215 64 56 (Toshkent)

Agar jonivoringiz bilan sayohat qilishga qaror qilsangiz, bu haqida aviachipta xarid qilish vaqtida ko‘rsatilishi shart ekanligini eslatib o'tamiz.

manba: Uzbekistan Airways

@azcitygroup