Get Mystery Box with random crypto!

​​Farzand kutayotgan bo'lajak onalarning parvozi haqida Bo' | Azcity Group

​​Farzand kutayotgan bo'lajak onalarning parvozi haqida

Bo'lajak onalar (임산부) #homila ning:
32-haftasigacha sog'likda (qon bosimi, diabet va boshqalar) muammo bo'lmasa hech qanday hujjatlarsiz parvoz qilishlari mumkin,

32-haftasidan boshlab to 37- haftasigacha uchishdan avval 7 kun ichida olingan tibbiy ma'lumotnoma (Medical Certificate) - havo safari mumkinligi va tug'ilish kutilayotgan sana ko'rsatilgan shifokor ma'lumotnomasi (1 dona asli va 2 dona nuxsasi) ni taqdim qilishlari kerak,

37- haftasidan boshlab ona va bolaning havfsizligini tamilash maqsadida parvozga ruxsat berilmaydi,

Egizak chaqaloqlar kutilayotgan holatda 33- haftasidan boshlab parvozga qo'yilmaydi.

Yuqoridagi qoidalar
AsianaAirlines va KoreanAir'da parvoz qiluvchilar uchundir.

Uzbekistan Airways'da quyidagi shartlarda:
agar homiladorlik muddati 35 haftadan oshmagan boʻlsa, shifokor tomonidan tashuv sanasidan koʻpi bilan 7 kun oldin imzolangan tibbiy sertifikat mavjud boʻlganda;
agar egizaklar tugʻilishi moʻljal qilinayotgan boʻlsa, tashuv sanasida homiladorlik muddati 32 haftadan oshmasligi kerak;
agar homiladorlik muddati 35 haftadan oshsa, faqatgina aviakompaniya tibbiy xizmati roziligi bilan va shifokor yoki tibbiyot xodimi kuzatuvi ostida tashuvga ruxsat etiladi.

Mutaxassislar homiladorlikning dastlabki 3 oyigacha va homiladorlikning 36 xaftasidan keyin havo safarlaridan qochishni tavsiya qiladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarni 7 kunlik bo'lgandan boshlab parvozga ruxsat etiladi.

@azcitygroup