Get Mystery Box with random crypto!

​​#qizilpasport #zagran #pasport Xorijga chiqish pasportini | Azcity Group

​​#qizilpasport #zagran #pasport

Xorijga chiqish pasportini endi olganlar uchun eslatma

"Qizil" pasport olgandan keyin, Koreyadagi o'zingiz yashaydigan manzildagi migratsiya ofisiga borib, pasportingiz yangilanganini ma'lum qilishingiz va ID-kartangizni ham yangilab olishingiz kerak bo'ladi.

Yangi pasport olgandan keyin ID-kartani yangilash muddati:

O'zbekistondan olib kelgan bo'lsangiz- Koreyaga kirib kelgan kundan boshlab qoida bo'yicha 15 kun ichida yangilanishi kerak, (ammo agar Koreyaga kirib kelishda Inchon aeroportida yangi pasport bilan ro'yxatdan o'tib kirsangiz 15 kundan o'tsa ham jarimasi chiqmasada, tezroq yangilab olish tavsiya qilinadi),

Koreyadagi O'zbekiston elchixonasi orqali olgan bo'lsangiz- pasportda yozilgan "berilgan sanasi" dan boshlab 45 kun ichida yangilanishi kerak.

Muddatidan o'tib ketsa migratsiya idorasi tomonidan jarimaga tortilishi mumkin.

kartani almashtirishda kerakli xujjatlar: 
Yangi pasport,
ID-karta,
To'lov (30.000w).

Migratsiya hodimiga agar tayyor bo'lsa manzilingizga pochtadan yuborishini aytsangiz bo'ladi, pochta to'lovi alohida (4000w).

@azcitygroup | azcity