Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Toshkent aeroportiga bagajlar uchun yangi yuk aravachalari | Azcity Group

​​​​Toshkent aeroportiga bagajlar uchun yangi yuk aravachalari keldi

Toshkent xalqaro aeroporti Germaniyaning Wanzl kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 1000 ta yangi bagaj aravalarini qabul qilib oldi. Bugungi kunda uchib ketish va uchib kelish zallariga kerakli miqdorda yuk aravachalari yetkazildi.

Eslatib o‘tamiz, bir oy oldin Toshkent aeroportida yuk aravachalari bilan bog‘liq qiyin vaziyat yuzaga kelgan edi.

Ayni paytda “Toshkent” aeroporti o‘z bagaj aravachalari bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, ulardan foydalanish yo‘lovchilar uchun mutlaqo bepul. Yaqin kunlarda barcha hududiy aeroportlarga yangi xizmat ko‘rsatish aravachalari ham keltiriladi.

Uzbekistan Airports

@azcitygroup