Get Mystery Box with random crypto!

Vaqt bu — pul emas Bu ikkalovi hech qachon teng bo’lmaydi Va | Azamat Yuldashev || shaxsiy blog

Vaqt bu — pul emas

Bu ikkalovi hech qachon teng bo’lmaydi

Vaqt puldan muhimroq

Pulni ishlab chiqarsa bo’ladi, qarzga olsa bo’ladi, yig’ib qo’ysa bo’ladi

Vaqt esa faqat sarflanadi, foydaga yoki bekorga…

Vaqti bor odam pul topa oladi

Puli bor har doim ham vaqt topa olmaydi, buni millioner qariyalar tasdiqlaydi

Vaqtni pulga tenglashtirish — vaqtni yerga urish degani

Vaqt bu = hamma narsa

Vaqtingdan boshqa hech narsang yo’q

Uyingda yashash, mashinangni minish, sayohatingni qilish

Ishlash, kitob o’qish, do’st orttirish, muzqaymog’ingni yeyish

Hammasi uchun vaqt kerak

Bechora odam - “pulim yo’q” degan odam emas

Haqiqiy bechora

Muhim ishlar uchun ‘vaqtim yo’q’ degan odam

@azizrakhimov_blog