Get Mystery Box with random crypto!

Eng qiyin ish Oldinlari ko’p narsalarni - eng qiyin ish shu b | Azamat Yuldashev || shaxsiy blog

Eng qiyin ish

Oldinlari ko’p narsalarni - eng qiyin ish shu bo’lsa kerak deb o’ylardim

Dars berish, biznes qilish, farzand katta qilish, mashhur bo’lish, odamlarni rozi qilish

Unday emas ekan

Eng qiyin ishni endi topdim

Bu

Niyatni to’g’rilab olish

Odam o’zi qilayotgan ishlarini nima uchun qilayotganini bilish

Niyatni to’g’rilash shu qadar qiyinki — niyatim shu deb odam nafaqat boshqalarni, bemalol o’zini ham aldab qo’ya oladi

Miya sekundiga 68 ta so’z tezligida o’ylay oladi

Demak niyat millisekundlarda o’tadi

Buni odamning o’zidan boshqa hech kim sezmaydi.

Shu sababli har qanday ishning eng muhim joyi - niyat

Bu maqolani nega yozdim?

1.Anchadan beri yozmay qo’yganim uchunmi?

2.O’qiganlar tarqatishi uchunmi?

3.O’zimdagi kamchilikni ko’rganim uchunmi?

3-punktni nega qo’shdim? Asl niyatim shu deb o’ylashlari uchunmi?

Niyatni topish shunday savollardan boshlanadi

@azizrakhmov_blog