Get Mystery Box with random crypto!

Bir tutam sochlaring mening qo’limda, G’ijimlab o’paymi, yo ta | Azamat Yuldashov || shaxsiy blog

Bir tutam sochlaring mening qo’limda,
G’ijimlab o’paymi, yo tarab-yechay,
Sir deb saqlaganing mening qo’ynimda,
Sir deb saqlayinmi, yo elga sochay.

Sochilgan sochingday sochilsa siring,
Anor yuzlaringni kimga tutasan?
O’zing-ku «ularda vafo yo’q!» deding,
Nimaga ularni tag’in kutasan?

Ochilgan qo’ynimda to’lg’angan taning
Ko’ngildan qilcha ham hid yetkazmasa,
Menga yaqinlashma, ay, tirik bo’sa!
«Sevdim» deganlaring yolg’ondir sening!...

Cho'lpon