Get Mystery Box with random crypto!

20 yoshdagi 20 ta haqiqatim 1. Hayot aslida qiziqarli, yashas | Azamat Yuldashov || shaxsiy blog

20 yoshdagi 20 ta haqiqatim

1. Hayot aslida qiziqarli, yashashni bilish kerak.

2. Atrofingdagilar qanaqa bo’lsa sen ham shunaqa bo’lasan, balki yaxshiroq yoki yomonroqhamdir.

3. Odamlar avtobus kabi, biri ketsa keyingisi keladi.

4. Hissiyotlar vaqtinchalik. Uzoqga bormaydi.

5. Dunyoni diqqatini boshqara olganlar boshqaradi.

6. Pul — Oddiy qog’oz, lekin ko’p narsalarni hal qiladi. Uni borligidagi xursandchilik va yo’qligidagi tushkunlik esa aslida unga arzimaydi.

7. Boy bo’lish uchun ko’p ishlash kerakmas, aql bilan ishlash kerak.

8. Odamlarni fikri muhim. Faqat qaysi odam ekanligiga bog’liq.

9. Odamlar nima deydi deyayotgan bo’lsang, demak hayotingda ularni fikridanda muhimroq narsa yo’q.

10. Ustozlaring ko’p bo’lgani yaxshi. Adashmaysan.

11. Odamlarga qanday muoamala qilsang, shunday muomalani qabul qilishga majbursan.

12. Hayotingdagi muammolarni sababchisi har doim sen emas, lekin ularga qanday javob berishing aynan sening zimmangda.

13. Agar universitet, qandaydir telefon, moshina yoki dang’illama uylar orzuying bo’lsa, bilib qo’y juda kichik fikrlayabsan.

14. Maqsadga erisish uchun orzu emas, harakat ko’proq muhim.

15. Motivatsiya orqali harakat qilmaysan, harakatdan so’ng motivatsiya olasan.

16. Yetuklik yosh bilan birga kelmaydi!
Bu mas'uliyat bilan birga keladi

17. Nafaqat g'alaba, balki mag'lubiyat ham odamga ko'p narsani o'rgatadi.

18. Hammasi sen o'ylagandek oson ham, qiyin ham emas. Shunchaki yashash kerak.

19. Hayotda senga birovlar bergan baho hech qanday ahamiyatga ega emas.

20. O’lim asli go’zaldir. Tuproqda yotganlarni ham millonlab muammolari bo’lgan, lekin ular ham ketti, sen ham ketasan. Siqilma, boqiy hayot bu dunyoda emasdir.