Get Mystery Box with random crypto!

*** Hechkimni alqamas, madh etmas she'rda, Maddohlik uyidan y | Аъзам ЎКТАМ шеърлари

***

Hechkimni alqamas, madh etmas she'rda,
Maddohlik uyidan yiroq olami,
Yuragi jimgina yashashga koʻnmas
Hammadek yozmoqqa qoʻymas qalami.

Uningdek boʻlmoqni istagan borki,
Adabiy maydonda sinalmoq kerak.
Haq soʻzni baralla aytmoqchun balki
A'zam Oʻktam boʻlib yaralmoq kerak.

M.M

@Rehman_Ergenc