Get Mystery Box with random crypto!

Bahor yana qaytadi...

Telegram kanalining logotibi aytolmaganlarimiz1 — Bahor yana qaytadi... B
Telegram kanalining logotibi aytolmaganlarimiz1 — Bahor yana qaytadi...
Kanal manzili: @aytolmaganlarimiz1
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

Bu guruhdan faqat 2kishi foydalanishi mumkin

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-18 22:00:41 Bir pasda 1yil o'tib ketibdi. Haligacha ishonolmayotgan hayotimda yashab kelyapman. Allohni sinovlari kuchli bo'lar ekan. Qachondir shunaqa holat bo'lishini bilardim lekin bu holatga tayyorman deb yurardim. Afsus sani yo'qotishga tayyor emas ekanman. Bunga ko'nikolmayapman. Nima bo'lganda ham baxtli bo'lishing muhim. Eng chiroyli tilaklar san uchun. Muhimi iymonda taqvoda mustahkam tur. Vafoli bo'lish haqida o'ylama chunki vafo sanga berilmagan. Vijdonli bo'lishni gapirmayman ham. Sabrli bo'lish sani chetlab o'tgan. Rahmdil bo'lish faqat hayvonlarga nisbatan berilgan. Xullas nima ham derdim qiyomatda qanday javob berishingni o'ylab yasha, barbir sindirgan ko'ngil haqqini so'rab olaman. Aytancha sani sevishimga yana 100ta sabab topib qo'ydim lekin sani topolmadim Tavallud kuning muborak bo'lsin qalbim qotili
11 views19:00
Ochish/sharhlash
2023-01-15 21:38:52 O'ylama bu kunlar ham o'tib ketadi
8 views18:38
Ochish/sharhlash
2023-01-08 22:55:56 Смотрите "Xamdam Sobirov - Gavharim (Official Video clip)" на YouTube

12 views19:55
Ochish/sharhlash
2023-01-08 22:55:27 Смотрите "Xamdam Sobirov - Gavharim (Official Video clip)" на YouTube


10 views19:55
Ochish/sharhlash
2022-12-30 22:00:37 Bugun yilning oxirgi kuni. Bir tugayotgan yilni sarhisob qilsak. Yil kalitni yo'qotib qo'yib uydagilaringni rosa asab qilganing bilan boshlangandi . Undan keyin yanvar tug'ilgan kuning. Esingdami o'sha kuni havo juda ham sovuq edi. Lekin manga bu bilinmas edi. Chunki san yonimda eding. San bilan o'tayotgan har bir lahzam man uchun mazmunga to'la hissiyotlarga boy edi. Keyingi oy mani tug'ilgan kunim. Tug'ilgan kunimda dunyodagi eng chiroyli go'zal qiz yonimda edi Ustida o'ziga judayam yarashgan himarda. Bu kunlarni hech qachon unutmasam kerak. Videoda yozib olingan samimiy tilaklar, yolg'onsiz chin yurakdan aytilgan gaplar hali ham quloqlarim ostida. O'shanda ikkalamiz uchun ham kelajak bir edi. Bizning maqsadimiz birga jannatda ham baxtli bo'lish edi. Mart oyi sovuq kunlar o'tib yomg'irli kunlar boshlangandi. Soyaboning ostidagi domlar orasidagi ajoyib yomg'irli havoda birga sayr qilish rasm tushishlar keyingi oy esa muborak Ramazon oyi. Bu oyda sansizlikga ko'nikish qiyin bo'ldi. Chunki 1oy ko'rishmasligimiz kerak edi. Ramazon oyining birinchi haftasidayoq sansizlikga chidolmay ko'rolmaganim uchun rashk qilib qizg'onib ko'p urushib qolardik. Deyarli har kuni. Ramazon oyida duolarimda faqat sani so'radim. Hech hayolimdan chiqmading. To'g'ri bizni bu munosabatlarimiz harom hisoblanardi lekin manda hech qanday yomon niyat yoq edi. Har qanaqa vaziyatda ham san bilan birga bo'lishga tayyor edim. Keyingi oylarda orada bo'lgan ishlarni eslashni xohlamayman. Shaytonni gapiga kirib bo'lgan xatolarni boshqa takrorlamayman deb Allohga so'z berib o'sha kunni o'zida tavba qilgandim. Yoz judayam issiq o'tdi. Bog'da ko'rishib gaplashib yurardik. Uyingacha piyoda boramiz desam jaxling chiqardi. Gap pulda emas edi, man iloji boricha ko'proq vaqtimni san bilan birga o'tkazishni xohlardim. Avgust oyi institut uchun imtixon topshirdik. Man ishonardim san grand bilan o'qishga kirishingni. Mani ham o'qishga kirishimni san juda xohlaganingni ham bilardim. O'qishga kirishimga sani duolaring sababchidir balki. Chunki shuncha yil kirolmagan o'qishimga san yonimda bo'lganingda kirishim... San oldimdagi mo'jiza eding. O'qish boshlandi lekin shu oylarda san mandan ancha uzoqlashib qolding. Ko'p urushib gaplashmasligimiz uchun bahona topadigan bo'lib qolding. Va hayotimdagi eng yomon kun 17-oktyabr. Agar shunaqa bo'lishini bilganimda o'sha kuni ko'rishib gaplashib olishga chiqmagan bo'lardim. Chunki san mani yaxshi ko'rasan muammoni hal qilamiz san mani tanlab uni chetga chiqaramiz deb o'ylagan edim. Afsus o'sha kuni man o'zim yaxshi ko'rgan qizni ko'rmadim. Ilojsiz edim san mani rad qilganingdan keyin aqlim ishlamay qoldi. Qanday bo'lmasin sani o'zimda olib qolishim mumkin edi. Lekin san buni xohlamading. Mayli bu ham Allohni sinovi aqli joyiga kelib qolar deb kutdim. Orada biri manga yozdi o'sha o'qish boshlangan vaqtdan san bilan mani ayirish uchun o'qitilganimizni ayti. Kim qildirgan nima sababdan qildirgani haqida gapirmadi. Vijdoni qiynalgani uchun kechirim so'rab yozdi. Eng qizig'i sanga bu haqida aytsa san bu narsani man uyushtirgan deb o'ylabsan. Bunaqa ishlardan manga nima foyda. Xullas yil man uchun juda mazmunli boshlanib fojiali yakun topdi. Sani yo'qotishni hech ham xohlamas edim. Mandan vos kechganing bilan bilaman hozir hayoting ja ko'nglingdagidek emas. To'g'ri qaror qildim deb o'ylaganding. Lekin allaqachon adashganingni tushungansan. Bunga bir isbot mana shu yozganlarimni o'qiyotganing Agarda san mandan rostdan ham kechganingda mani san uchun umuman qizig'im bo'lmaganida bu kanalga kirib o'qib o'tirmasding. Instagram telegramdan ham bloklab qo'yib ora orada qani nima qo'yibdi ekan man haqimda yozibdimikan deb qarab turmasding. O'zingni o'zing aldab yashash yoqayotgan bo'lsa shunday davom etaver. Lekin bil shuncha ishlardan keyin ham sanga nisbatan mehrim yaxshi ko'rishim kamaygani yo'q kamaymasa ham kerak. Qaytsang ham hech nima bo'lmagandek oldingidek qabul qilsam kerak. Hozircha shunaqa gaplar. Ko'rishib qolarmiz
15 views19:00
Ochish/sharhlash
2022-12-29 19:03:57 Bir kun kelib hech kim manchalik bo'lolmasligini tushunib yetasan. Va o'shanda xafli qurolingni olib yonimga kelasan. Va men yana o'sha go'zal tabassuming qurboniga aylanaman
8 views16:03
Ochish/sharhlash
2022-12-28 15:52:27 Kuzatayotganingni ko'rib turibman deganimga endi uziyam 1oy kanalga kirmasang kerak a
8 views12:52
Ochish/sharhlash
2022-12-25 23:27:07 Hech shu savolga javob topolmasam kerak. Qanday loyiq ko'rding manga. Sani vijdoning bor ediku vijdoning kuchli ediku. Sani qanchalik yaxshi ko'rishimni bilib turardingku. Oldingi xatolardan keyin ham ishonib oldingidan kuchliroq yaxshi ko'rib hayolimga sandan boshqasini sig'dirolmay yashadim. Manga buni qanday ravo ko'rding? Rostan arzirdimmi shunga? Ozgina bo'lsa ham vijdoning qiynalmayaptimi manga nisbatan munosabatingdan? Shu yozganimni ko'rib ham manga yozmasang bilmadim vijdonsiz iymonsiz inson ekansan. Mani shunchaki arosatda qoldirib ketding. Man bilan birga bo'l demiman. Xatoyimni, nima sababdan shu holatga mani arziydi deb bilding shuni tushuntir yetadi.
10 views20:27
Ochish/sharhlash