Get Mystery Box with random crypto!

Mening 2020-yildagi 'Kashfiyotlarim' Assalom aleykum! Opra Vi | AYOLLAR DUNYOSI

Mening 2020-yildagi "Kashfiyotlarim"

Assalom aleykum! Opra Vinfreyning "What I knaw For Sure" kitobida uning hayoti davomida anglagan haqiqatlari haqida gap boradi. Ular kõpchilik biladigan hayotiy haqiqatlar, lekin inson shu haqiqatlarni õzining hayotida, õzining malakasida anglasa, bu unga xuddi Amerikani kashf etgandek bõladi. Va shu haqiqatlar insonning hayoti davomida poydevor bõlib xizmat qiladigan tushunchalarga aylanadi.

Mening ham 2020-yilda kashf etgan bir nechta "Amerikalarim" bor. Hozir shular haqida aytib bermoqchiman.

1. Kõrinmas Imkoniyatlar.
Men har doim imkoniyatlarni tashqaridan izlaganman, ya'ni tushuncham bõyicha meni atrofimdagi barcha narsalar men uchun yangilik emas, men ularni õrganib bõlganman. Yangilik yaratish, yangi bilimlarni egallash uchun boshqa, menga hali tanish bõlmagan, mendan yiroqdagi narsalarni bilishim, õrganishim, tushunishim kerakdek tuyulardi. Lekin shuni tushundimki, men atrofimda turgan kõrinmas, men hali e'tibor bermagan imkoniyatlar tõla va ulardan foydalanmaslik - eng katta Xato. Bu tushunchani anglaganimdan so'ngina men yana ham atrofimdagi barcha narsalarga, insonlarga, hodisalarga e'tiborliroq bõldim.

2. Ma'lumotlarni sifatli õzlashtirish.
Avvallari kõproq bilimlarni bilishga harakat qilardim. Kitoblarni tezroq õqib tugatishga, kunida youtubda bir nechta videolarni kõrishga harakat qilardim. Ammo bu harakatlarim kam natija berar edi va hatto ma'lumotni kõpayib ketganidan hech biri esimda qolmas edi. Hozir esa bitta kitobni bir haftada shoshilmay õqib chiqaman va yana ikki kun shu kitobdagi ma'lumotlarni keraklisini konspekt qilib chiqaman. YouTube dan bir kunda bitta videoni bir necha marta kõraman va uni tahlil qilaman, kerakli ma'lumotlarini hatto yozib olaman va har hafta belgilangan kunda õqib, eslab chiqaman. Shuni tushundimki kõp bilimlarni chala bilish emas, balki bitta bilimni sifatli, tõliq õzlashtirib, anglash muhimroq va foydaliroq!

3. Eng yaqin inson
Men har doim õzimga nisbattan qattiq qõl va talabchan bõlganman. Bir ish aytganimdek bõlmasa doim õzimni ich-ichimdan koyib, urushib kelganman. Ammo 2020-yilga kelib shuni tushundimki, hatto eng katta xato qilganda ham, hatto eng yomon ahvolda ham eng yaqin inson bu Õzingingiz. Agar yomon ahvolda siz õzingizga yordam bera olmasangiz, õzingizga nisbatan mehribon bõla olmasangiz, õzingizni kamchilik va xatolaringizni kechira olmasangiz , ishoning, boshqa birovning hech qanday yordami sizga madad bõlolmaydi. Bizga eng yaqini Alloh, eng yaqin inson esa Õzimiz, keyin boshqalar. Doim õzingizga ishoning, mehribon bõling, chiroyli va kerakli sõzlarni aytib õzingizni katta marralarni zabt etish uchun ruhlantiring.

Mening kashfiyotlarim shulardan iborat edi. Siz ham õtgan yilingizdan olganlaringizni analiz qildingizmi?

@ayollar_dunyosi_sari
@ayollar_dunyosi_sari
@ayollar_dunyosi_sari