Get Mystery Box with random crypto!

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qiziriq tum | Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qiziriq tumani paxta zavodida videokonfrensaloqa shaklida g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi oldidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Markaziy va hududiy studiyalardan sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari hamda klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etishdi.

Vohamizda 2024-yil hosili uchun 89 325 gektar maydonda g‘alla ekilgan bo‘lib, hosilni qisqa muddatda nes-nobut qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish uchun 127 ta otryad shakillantirilgan, 282 ta kombayn, 1 275 ta tashish texnikalari, 130 ta traktor tirkamalari, 127 ta ko‘chma ustaxona va 81 ta yoqilg‘i tashish texnikalari shay holatga keltirilgan.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2051

#Surxondaryo #galla2024 #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X