Get Mystery Box with random crypto!

Axborot 24/7

Telegram kanalining logotibi axborot247 — Axborot 24/7 A
Telegram kanalining logotibi axborot247 — Axborot 24/7
Kanal manzili: @axborot247
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 978
Kanalning ta’rifi

‼️Eng so’nggi yangiliklar materiallari
Voqea joyida guvoh bo’ldingizmi bizga yuboring 👉 @axborotchatbot
Reklama bo’yicha 👉 @axborot_ads
👉Do’stingizni taklif qilishingiz uchun havola https://t.me/axborot247

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 56

2022-08-31 08:30:00
Litva Belarus bilan chegara devorini qurib bitkazdi

550 kilometrli besh metr balandlikdagi to‘siq Litva va Belarus o‘rtasidagi quruqlik chegarasini, deyarli, to‘liq qoplagan.
“BNS” agentligi “EPSO-G” kompaniyasi xabariga tayanib, ob’ekt Litva va Belarus hududini quruqlik chegarasi bo‘ylab ajratib turadigan besh metrli beton panjaradan iborat ekanini yozgan. Ikki davlat o‘rtasidagi umumiy chegara 679 kilometr, shundan 100 kilometrga yaqini daryo va ko‘ldan iborat.
Qurilishi 2021 yil oktyabr oyida boshlanib, belgilangan muddatdan bir oy avval bitirilgan ushbu devorning qiymati 152 million yevroga baholangan.
Litva hukumati rasmiy Minsk boshlagan migrasiya inqirozidan so‘ng Belarus bilan chegarada devor qurishga qaror qilgan edi.
Shuningdek, Polsha ham joriy yil iyul oyida Belarus bilan 186 kilometrlik chegarada devor tiklagan. Balandligi 5.5 metr mazkur to‘siq qurilishi uchun, qariyb, 350 million yevro sarflangan.

  Axborot 24/7 - eng tezkor yangiliklar kanaliga obuna bo'ling!
3.9K viewsedited  05:30
Ochish/sharhlash
2022-08-31 08:24:45
O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili o‘z missiyasini yakunlayotgan AQSH elchisi bilan uchrashdi

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi afg‘on yo‘nalishidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, xususan, Afg‘onistondagi vaziyat rivoji bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

  Axborot 24/7 - eng tezkor yangiliklar kanaliga obuna bo'ling!
3.9K viewsedited  05:24
Ochish/sharhlash
2022-08-31 08:01:03 #Davlat xizmatchilariga eslatma

Bugun qisqartirilgan ish kuni

Mehnat kodeksining 121-moddasiga muvofiq bayramlar (ishlanmaydigan kunlar) arafasida barcha xodimlar uchun kunlik ish (smena) vaqti kamida bir soatga qisqartiriladi.

Ertaga, 1-sentabr Mustaqillik kuni, dam olish kuni.

Shuning uchun ham bugungi kunda barcha xodimlar qonunda belgilangan huquqlaridan foydalanish huquqiga ega.


  Axborot_24/7 - eng tezkor yangiliklar kanaliga obuna bo'ling!
4.0K viewsedited  05:01
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:50:00
AQSh Xitoyni aloqa kanallarini ochishga chaqirmoqda

“Biz Pekin bilan aloqa kanallarini ochiq saqlashda davom etamiz... Biz Pekinni ushbu kanallarni qayta ochishga undashda davom etamiz”, — deya ta'kidladi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer.
Shu bilan birga, Tayvan atrofidagi vaziyatni izohlar ekan, Oq uy vakili AQSh orolga harbiy yordam berishda davom etish niyatida ekanini aytdi.

Avvalroq Xitoy Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Vu Syan XXR Qo‘shma Shtatlarni Pekinning hayotiy manfaatlarini hurmat qilishga va Xitoyni nazorat qilish uchun Tayvandan foydalanish haqidagi illyuziyalardan voz kechishga chaqirishini aytdi.

  Axborot_24/7 - eng tezkor yangiliklar kanaliga obuna bo'ling!
3.9K viewsedited  04:50
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:30:00
OAV: Amerika kompaniyalari Turkiya orqali Rossiyaga qaytmoqchi
 
Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda AQSH kompaniyalari Dubaydagi firmalarini safarbar qilgan. Ular o‘z navbatida Turkiyaga murojaat bilan chiqqan. Shu tariqa Amerika biznesi Rossiyani tark etganidan so‘ng ko‘rgan zararini qoplamoqchi.
 
Xususan, ular turklar vositachiligida Moskvadan neft-kimyo, mineral yoqilg‘i, qimmatli metallar va toshlar, g‘alla, temir va po‘lat, mineral o‘g‘itlar, suv va alkogol mahsulotlarini sotib olmoqchi.
 
23 avgust kuni AQSH moliya vazirligi Turkiyani Rossiya masalasida ogohlantirgandi. Vashington Moskvani Anqara orqali sanksiyalarni chetlab o‘tishidan xavotirda.
 
  Axborot_24/7 - eng tezkor yangiliklar kanaliga obuna bo'ling!
3.9K viewsedited  16:30
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:23:08 Axborot 24/7 pinned a video
16:23
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:40:00
Tayvan askarlari Xitoy armiyasining droniga o‘t ochdi

Qayd etilishicha, dron Erdan oroliga yaqinlashgan va tayvanlik harbiylar jonli raketani otganidan so‘ng, dron orqaga burilib, Xitoyning qirg‘oq bo‘yidagi Fuszyan provinsiyasida joylashgan Syamen shahri tomon yo‘l olgan.

AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressdan Tayvanga 1,1 milliard dollarlik qurol-aslaha, jumladan 60 ta kemaga qarshi raketalar va 100 ta havo-havo raketalarini sotishni ma’qullashni so‘rash niyatida, deb xabar berdi Politico avvalroq.

  Axborot_24/7 - eng tezkor yangiliklar kanaliga obuna bo'ling!
3.9K viewsedited  15:40
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:00:10
Foydali braslet

Olimlar yomon odatlardan xalos bo‘lish imkonini beruvchi bilaguzuk ishlab chiqdi. U har safar zararli ovqat iste'mol qilsa, cheksa, janjallashsa yoki boshqa foydali bo'lmagan harakatlarni bajarsa, braslet egasini tok uradi.

  Axborot_24/7 - eng tezkor yangiliklar kanaliga obuna bo'ling!
4.0K viewsedited  15:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:46:34
Rossiya. Yaroslavl yaqinida tez yordam mashinasi va yonilg‘i yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Barcha tez yordam ekipaji, uch kishi halok bo'ldi.

  Axborot_24/7 - eng tezkor yangiliklar kanaliga obuna bo'ling!
3.9K viewsedited  14:46
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:44:08
Soch toʻkilishidan qutulishni istaysizmi?

Soch toʻkilishini samarali davolovchi yangicha vositani taqdim etamiz!

Caboki sochlarini qalinlashtiruvchi, boshning soch toʻkilgan qismiga sepilganda reaksiyaga kirishib bosh qismiga o'rnashib o'sishni boshlaydi.

Bir oy ichida toʻkilgan sochlar oʻrnini yangi sochlar egallaydi.

Caboki - toʻkilgan yoki siyraklashgan sochlarga avvalgidek chiroy bera olishga qodir ekalogik toza maxsulot.

Erkaklar va ayollar uchun birdek mos keladi.

Narxi:135.000 So'm
AKSIYA 2 ta sotib olsangiz 1 ta qoʻshib beriladi

Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish bepul.

Буйуртма бериш учун
https://airshop.uz/233/CABOKI
https://airshop.uz/233/CABOKI
3.8K views14:44
Ochish/sharhlash