Get Mystery Box with random crypto!

OAV: Amerika kompaniyalari Turkiya orqali Rossiyaga qaytmoqchi | Axborot 24/7

OAV: Amerika kompaniyalari Turkiya orqali Rossiyaga qaytmoqchi
 
Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda AQSH kompaniyalari Dubaydagi firmalarini safarbar qilgan. Ular o‘z navbatida Turkiyaga murojaat bilan chiqqan. Shu tariqa Amerika biznesi Rossiyani tark etganidan so‘ng ko‘rgan zararini qoplamoqchi.
 
Xususan, ular turklar vositachiligida Moskvadan neft-kimyo, mineral yoqilg‘i, qimmatli metallar va toshlar, g‘alla, temir va po‘lat, mineral o‘g‘itlar, suv va alkogol mahsulotlarini sotib olmoqchi.
 
23 avgust kuni AQSH moliya vazirligi Turkiyani Rossiya masalasida ogohlantirgandi. Vashington Moskvani Anqara orqali sanksiyalarni chetlab o‘tishidan xavotirda.
 
  Axborot_24/7 - eng tezkor yangiliklar kanaliga obuna bo'ling!