Get Mystery Box with random crypto!

Qizlar bilim borasida rekord “urdi”   Joriy yilda abituriyentl | Axborot 24/7

Qizlar bilim borasida rekord “urdi”
 
Joriy yilda abituriyentlar orasida xotin-qizlarning ulushi erkaklarga qaraganda ko‘proqni tashkil etgan. Yaʼni testga kirgan abituriyentlarning 571 ming 719 nafari ayollar, 502 ming 103 nafari esa erkaklar bo‘lgan.
 
Bundan tashqari qizlar to‘plagan o‘rtacha ballar ham yigitlarga qaraganda yaxshiroq natijani ko‘rsatgan. Qizlar o‘rtacha 66,8 ball, yigitlar esa 63,7 ball olishgan.
 
Shuningdek, respublikamiz 14 ta hududining barchasida qizlarning o‘rtacha bali yigitlarnikidan balandroq bo‘lgan.
 
Maʼlumot o‘rnida, o‘tgan yili talabalikka qabul qilinganlarning 60 foizi xotin-qizlar bo‘lgandi. Bugungi kunda barcha OTMlarda o‘qiyotgan talabalarning 47 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

  Axborot_24/7 - eng tezkor yangiliklar kanaliga obuna bo'ling!