Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda odamlarning mashinalariga qulf osib, pul ishlashni | Axborot 24/7

Toshkentda odamlarning mashinalariga qulf osib, pul ishlashni maqsad qilgan firibgar ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil eshigi ushlagichiga qulf ilinganligi va unga xat qistirilganligi aks etgan foto va videolar tarqalib ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, ushbu harakatlarni sodir etganlikda gumondor 29 yoshli Muxriddin A. ushlandi. Xolislar ishtirokida uning yonidan 2 dona kodli qulflar topilib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Rejaga ko‘ra, u qulfni avtomashina eshigining ushlagichiga osib, haydovchiga qulfni ochish uchun kod raqamini sotib olish taklifi yozilgan xat qoldirgan. Ko‘rsatilgan hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng, qulf kodini yuborishi kerak bo‘lgan.

  Axborot_24/7 - eng tezkor yangiliklar kanaliga obuna bo'ling!