Get Mystery Box with random crypto!

Qadrli ustozlar! Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Qadrli ustozlar!

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda.

Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hurmatli pedagoglar!

Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar!

Shu oʻrinda yana bir maʼlumot!

Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa, yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (https://t.me/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz.

Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri