Get Mystery Box with random crypto!

...Alloh ham, odamlar ham meni yaxshi ko‘rsin. Abul Abbos Sa | Abduqodir Toshkandiy

...Alloh ham, odamlar ham meni yaxshi ko‘rsin.

Abul Abbos Sahl ibn Sa’d Saidiy roziyallohu anhudan:
- Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir kishi kirib dedi:
- Yo Rasululloh! Menga shunday bir amalni ko‘rsating-ki, agar uni qilsam, Alloh ham, odamlar ham meni yaxshi ko‘rsin.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:
- Dunyoga nisbatan zohid bo‘l (ko‘ngil berma), Alloh seni yaxshi ko‘radi. Odamlarning oldidagi narsalarga zohid bo‘l (ko‘z tikma), shunda odamlar ham seni yaxshi ko‘rishadi.

Ibn Moja va boshqalar rivoyati.

Imom Navaviy, Arbain hadislar to'plamidan
.