Get Mystery Box with random crypto!

Mo'min bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi. Abu Hurayra rozi | Abduqodir Toshkandiy

Mo'min bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Mo'min bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi", dedilar"

Sharh
: Biz “teshik” deb tarjima qilganimiz ibora aslida igna sanchmay, tishlab chaqadigan zaharli hayvonlarning uyasi maʼnosida kelgan. Misol uchun, ilon. Bir odam bilmasdan qo‘lini iloning uyasiga tiqib, chaqtirib olsa, aqli bo‘lsa ikkinchi marta o‘zini bu musibatga giriftor qilmaydi . Mo‘min kishi dunyoni barcha ishlarida shunday bo‘ladi. U ziyrak va ehtiyotkor, bir xatosini yana takrorlamaydigan inson bo‘ladi.
Mo‘min-musulmon har bir xatodan saboq olib, bir qilgan xatosini ikkinchi marta takrorlamas ekan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu hadisni aytishlariga sabab Abu Izza degan shoir odam sabab bo'lgan. U badr urishida mushriklar safida bo'lgan va musulmonlarga asir tushgan. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan uni xolisona qo'yib yuborishlarini so'ragan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni xolisona qo'yib yuborganlar. Ammo Abu Izza Uhud urushida yana mushriklar bilan birga musulmonlarga qarshi qurol ko'tarib kelgan. Yana asir tushgan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamda yana xolisona qo'yib yuborishlarini so'ragan. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam biz o'rganayotgan mazkur hadisni aytganlar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Odoblar hazinasi (Imom al-Buxoriy, Al-Adab Al-Mufrad, kitobining sharhi)