Oʻqituvchilar attestatsiyasi xorijda qanday? Huquqiy siyosat | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun
Oʻqituvchilar attestatsiyasi xorijda qanday?
Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan xorijiy davlatlardagi oʻqituvchilar faoliyatini baholash bilan bogʻliq tartiblar oʻrganilganda quyidagilar aniqlangan:
Janubiy Koreya
Oʻqituvchilar faoliyatini baholash “Oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanishini baholash” tizimi asosida olib boriladi.
Ushbu tartib joriy etilgunga qadar oʻqituvchilar faoliyati faqat direktor tomonidan baholab kelingan boʻlsa, yangi tizimga koʻra kamida uchta oʻqituvchi, maktab direktori va oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari baholash jarayonida ishtirok etishadi.
Baholovchilar oʻqituvchiga turli kompetensiyalar boʻyicha 5 balli likert shkalasida ball qoʻyadi, bunda 1 ball eng past ball, 5 ball esa eng yuqori ball hisoblanadi.
Baholashda past ball olgan pedagoglar Oʻqituvchilar malakasini oshirish muassasalarida 60 soatdan 210 soatgacha kasbiy tayyorgarlikdan oʻtishlari kerak. Agarda ular keyingi yili oʻz koʻrsatkichlarini yaxshilay olmasalar, olti oyga dars mashgʻulotlaridan chetlashtiriladi va Taʼlim, fan va texnologiyalar milliy institutida 730 soatlik kasbiy tayyorgarlikdan oʻtishlari kerak boʻladi .
AQSH
Oʻqituvchilar faoliyatini baholash tartiblari shtatlar tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi. 31 ta shtatda oʻquvchilarning oʻqituvchi faoliyatiga bildirgan fikrlaridan asosiy baholash koʻrsatkichlaridan biri sifatida foydalaniladi.
Bahodir Ahmedov
Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot
Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz kanali orqali bilib boring