Get Mystery Box with random crypto!

TOIFA OLISH KERAK! Bosh ko'tarmay o'qiyman, Bo'sh o'tirmay o' | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

TOIFA OLISH KERAK!

Bosh ko'tarmay o'qiyman,
Bo'sh o'tirmay o'qiyman,
Hatto tushda o'qiyman,
Toifa olish kerak!

Ovqat tagiga olgan,
Yoki sho'r bo'lib qolgan,
Halovatim yo'qolgan,
Toifa olish kerak!


Supurilmas ko'cha ham,
Hovli,joylar ko'cha ham,
Bo'lmayinda sharmanda
Toifa olish kerak!

Yuzimiz bo'lsin yorug',
Bo'lsin gunohlar forig',
Ro'yimiz bo'lmas sorig'
Toifa olish kerak!

Chehramiz so'lmasinlar,
Umidlar o'lmasinlar
G'animlar kulmasinlar,
Toifa olish kerak!

Mavqeyimiz keyingi,
Yo'qdir bilimning so'ngi,
Maktabimiz reytingi,
Toifa olish kerak!

Kasbdoshlarning hurmati,
Parvardigor himmati,
Rizq-ro'zimiz qiymati,
Toifa olish kerak!

Hamksblarim, ustozlar,
Qalb so'zlarim hamrozlar
Jaranglasin ovozlar,
Doim olg'a boramiz!
Ishoning,ishoning,
Biz albatta toifa olamiz!!!

Muallif: Dilfuza Xalilova

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz kanali orqali bilib boring