Get Mystery Box with random crypto!

Λsror | Blog

Telegram kanalining logotibi asroruz — Λsror | Blog Λ
Telegram kanalining logotibi asroruz — Λsror | Blog
Kanal manzili: @asroruz
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 183
Kanalning ta’rifi

• Shaxsiy hayot va marketing sohasidagi foydali ma'lumotlar berib boriladi ⚡️
• Shaxsiy brend va marketing bo’yicha mutaxassis
𝓐𝓵𝓵 𝓸𝓻 𝓷𝓸𝓽𝓱𝓲𝓷𝓰

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-05-16 14:05:47
SMM o'zi nima?

SMM
(Social Media Marketing) - Ijtimoiy tarmoqlarda marketing. Hozirgi kunda deyarli hamma ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. SMM mana shu ijtimoiy tarmoqlar orqali sotuvni ko'paytirish va brendning taniqliligini oshirish uchun xizmat qiladi. Qisqa qilib aytganda, SMM jamoasi ijtimoiy tarmoqlar orqali savdo qiladi.

SMM jamoasida SMM menejer, grafik dizayner, reklama menejeri, kopirayter va zaruratga qarab yana bir qancha mutaxassislar ishlaydi.

• SMM menejer - sotuvni va brendni taniqliligini oshirish bo'yicha qilinadigan ishlarni rejalashtiradi, shu ishlar bo'yicha jamoa a'zolariga topshiriqlar beradi. Hamda qilinayotgan ishlarni nazoratga oladi.

• Grafik dizayner - menejer bergan topshiriq bo'yicha rasmlar tayyorlaydi.

• Reklama menejeri - reklama berish uchun sahifalarni qidiradi. Ularni tahlil qilib, auditoriyasi mosini topadi va menejerga taqdim qiladi.

• Kopirayter - menejer bergan topshiriqqa ko'ra barcha ijtimoiy tarmoqlar uchun matnlarni tayyorlaydi.

@Asroruz
2.1K viewsedited  11:05
Ochish/sharhlash
2022-05-14 17:08:12
Infoqalloblar, zamonaviy tilanchilar va soxta "biznesmen"lar haqidagi sifatli ko'rsatuv!

Shaxsan men kutgan ko'rsatuv hoziroq tomosha qiling, xolis tavsiya


1.6K viewsedited  14:08
Ochish/sharhlash
2022-05-14 09:27:27
Kanal yoki blog yuriting!

Shaxsiy tajribamdan shuni angladimki, kopirayter boʻlish uchun doimiy mashgʻulot qilish, har bir yozilgan matnni tahlil qilish katta yordam beradi. Bu uchun eng oson yoʻl — Telegramda kanal ochib, uni yuritish.

Agarda siz ham shunday qilmoqchi boʻlsangiz, quyidagi tavsiyalarimni diqqat bilan oʻqing:

1. Obunachilar soni siz uchun muhim boʻlmasin. Adminda 200 tagacha obunachi qoʻshish imkoniyati boʻladi. Siz shu imkoniyatdan maksimal foydalaning.

2. Matnlarni oʻz qoʻlingiz bilan, ijod qilib yozing.

3. Har bir postni tahlil qiling. Koʻrishlar soni, ulashishlar soni, izohlar, layklar – hammasini inobatga oling.

4. Istagancha tajriba oʻtkazib koʻring. Matnlarni kayfiyati, tuzilishi, hajmi boʻyicha turli xil postlar chiqaring.

5. Boshqa kanallarni, bloglarni kuzating.

P.s.: Shaxsan o'zim ham kopirayterlikning boshlang'ich bilimlarini kanal ochib o'rganganman

@Asroruz
2.7K viewsedited  06:27
Ochish/sharhlash
2022-05-12 11:53:14
Samsung dastlab baliq sotgan(mi?)

Ikkinchi yirik texnologiya brendi 1938 - yilda kichik kompaniya sifatida ish boshladi. Kompaniya ish faoliyatini Xitoyga eksport qilinadigan quruq baliq, un, makaron, sabzavot va boshqa mahsulotlarni sotishdan boshlandi.

Samsung urushdan keyin sanoatlashtirishni tiklash orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol o'ynadi. 1950 - yillarda kompaniya biznesning boshqa sohalarida ish boshlagan. Bu sug'urta va to'qimachilik edi.

1970 - yilda Samsung o'zining birinchi qora va oq rangli televizorini bozorga chiqardi. Tez orada maishiy texnika va elektron asbob-uskunalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.‌‌

P.s: Hozirgi paytda kompaniyaning qanday mahsulotlaridan foydalasiz?

@Asroruz
2.0K views08:53
Ochish/sharhlash
2022-05-10 14:48:21
Sizga qaysi brendlar, ularning tarixi va marketing usuli qiziq?

Izohlarda yozib qoldiring!

*keyingi post aynan siz tanlagan brend haqida bo‘lishi mumkin)

@Asroruz
2.3K viewsedited  11:48
Ochish/sharhlash
2022-05-04 15:00:42
27 mln internet foydaluvchisi

O'zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 27,2 mln'dan oshgan. Har yili internet foydalanuvchilari soni o'rtacha 2 mln'ga ko'payib bormoqda. (Statistika: Mitc.uz)

SMM'ni davri keldi bosingizlar!

@Asroruz
3.3K viewsedited  12:00
Ochish/sharhlash
2022-05-03 18:28:15
Marketing oʻzi nima?

Marketing
— jamiyat uchun qadr qiymati bor boʻlgan narsalarni yetkazish va ular bilan kommunikatsiya qilish uchun harakatlar yigʻindisi. Bu ilmiy tomonlama berilgan taʼrif

Endi oʻzimizning tildan tushuntiradigan boʻlsam, marketing bu — brendni odamlar orasida muhokama qilinishini taʼminlash va kompaniya xizmatlarini koʻproq odamlarga yetkazishdir. Marketing - bu manipulatsiya. Odamlarni brendga va mahsulotga bo'lgan qarashini o'zgartirishdir.

@Asroruz
3.0K viewsedited  15:28
Ochish/sharhlash
2022-05-01 22:23:56
Musulmon ahliga Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin.

Muborak oyda ixlos ila tutgan ro‘zalarimizni Alloh Taola o‘z dargohida husni qabul aylab jannatlariga burhon aylasin.

Muhtaram afandimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu kundagi shodliklari singari qalblarimiz quvonch va yaxshilikka to‘lsin.

Islom ahli birdamlik va totuvlikda mehr oqibatning namunasi bo‘lib yer yuzini hamisha obod aylasin.

@Asroruz
2.9K viewsedited  19:23
Ochish/sharhlash
2022-04-28 14:45:57
Kino olamida katta muvaffaqiyatga erishishida Autodesk 3Ds Max dasturi va qo'shimcha effektlar sababchi bo'lgan ba'zi filmlar bilan tanishing:

• Avatar
• Harry Potter
• Iron Man
(Temir odam)
• Spider Man-3 (O'rgimchak odam)
• The Last Samurai (So'nggi samuray)
• Transformerlar

Modellashtirish va animatsiya sohasida keng qo'llaniladigan bu dastur xotiradan naqd 10 GB joy egallaydi va 3Ds Max bepul dastur emas.

@Asroruz
3.0K viewsedited  11:45
Ochish/sharhlash
2022-04-27 10:51:19
Dasturchi o'zi kim?

Kopchilikga Dasturchiman deb aytsangiz. Telefonimni yoki Komputerimni ko'rib deb aytishadi.

Dasturchi bu ijodkor odam...

@Asroruz
2.7K viewsedited  07:51
Ochish/sharhlash