Get Mystery Box with random crypto!

SMM o'zi nima? SMM (Social Media Marketing) - Ijtimoiy tarmoq | Λsror | Blog

SMM o'zi nima?

SMM
(Social Media Marketing) - Ijtimoiy tarmoqlarda marketing. Hozirgi kunda deyarli hamma ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. SMM mana shu ijtimoiy tarmoqlar orqali sotuvni ko'paytirish va brendning taniqliligini oshirish uchun xizmat qiladi. Qisqa qilib aytganda, SMM jamoasi ijtimoiy tarmoqlar orqali savdo qiladi.

SMM jamoasida SMM menejer, grafik dizayner, reklama menejeri, kopirayter va zaruratga qarab yana bir qancha mutaxassislar ishlaydi.

• SMM menejer - sotuvni va brendni taniqliligini oshirish bo'yicha qilinadigan ishlarni rejalashtiradi, shu ishlar bo'yicha jamoa a'zolariga topshiriqlar beradi. Hamda qilinayotgan ishlarni nazoratga oladi.

• Grafik dizayner - menejer bergan topshiriq bo'yicha rasmlar tayyorlaydi.

• Reklama menejeri - reklama berish uchun sahifalarni qidiradi. Ularni tahlil qilib, auditoriyasi mosini topadi va menejerga taqdim qiladi.

• Kopirayter - menejer bergan topshiriqqa ko'ra barcha ijtimoiy tarmoqlar uchun matnlarni tayyorlaydi.

@Asroruz