Get Mystery Box with random crypto!

Dizaynda ham umuman ITda trening, motivator va qalloblar bo'ls | Λsror | Blog

Dizaynda ham umuman ITda trening, motivator va qalloblar bo'lsa nima bo'ladi?)

• Canva dizaynerlar uchun top asosiy saytlar qatoriga kiradi, chunki vaqtdan unumli foydalanish kerakku

• Hamma dizaynerlar "Macbook" olishi kerak bo'ladi, axir boy bo'lish uchun o'zlarini boydek his qilish kerakku

• Noutbukimizga sen tez ish qilasan sen tez ish qilasan deb har kun eslatamiz, internet bilanku gaplashib o'tirish kerak bo'ladi, chunki unga internet ekanligini 3 4 sekundda bir eslatib turish kerak

• Kitob yozishimiz kerak bo'ladi "Xo'rlangan dizayner" yoqut Toshmatning parvozi nomli

• Smm menejer, kopirayter? Ular o'zi nimaga kerak axir dizayner bu ishni qila oladi, dizaynersiz ozgina kitob o'qib kontent ham tuza olasiz kopirayting ham qila olasiz

• 1 yilda O'zbekistonda o'rtacha 500 ga yaqin dizayner chiqsa, treningchilardan keyin 5000 10000 dizayner chiqadi chunki it is dezayn (pul topish oson va tez deb o'ylashadi) va yaxshi byudjetli dizaynerlarni misol qilib ko'rsatishadi, Toshmatlar bilan esa ishi yo'q

• Agenstvolar yopila boshlaydi qaysidur ma'noda guruhlanish boshlanadi, kimningdur shogirdini agenstvosi deyilsa
-wow bulani captivasi bor shulaga ish berish kerak) shu tarzda ustozi pachoqlar yo'qola boshlaydi

• Klient to'lov qilgandan keyin, pulga boshqa kompaniyalarni ham olib kelishini so'raymiz, sen bizni jamoani ko'tarasan ofis olamiz joy olamiz ko'tarilib ketamiz, faqat sen kompaniya olib kelib tursang bo'ldi

• 1 yil ichida o'qitilishi mumkin bo'lgan dizaynni, 2 oyda o'rganish mumkin bo'lib qoladi

• Qolgan holatlar ham bor yozsam tugamedi) shuning uchun qolganini commentlarda davom etamiz

Kolxoz
@Asroruz