Get Mystery Box with random crypto!

𝘼𝙨𝙡𝙞𝙙𝙙𝙞𝙣 𝙆𝙖𝙢𝙤𝙡

Telegram kanalining logotibi asliddinkamol — 𝘼𝙨𝙡𝙞𝙙𝙙𝙞𝙣 𝙆𝙖𝙢𝙤𝙡 𝘼
Telegram kanalining logotibi asliddinkamol — 𝘼𝙨𝙡𝙞𝙙𝙙𝙞𝙣 𝙆𝙖𝙢𝙤𝙡
Kanal manzili: @asliddinkamol
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.25K
Kanalning ta’rifi

𝕆.𝕄𝕒𝕛𝕝𝕚𝕤 ℚ𝕠𝕟𝕦𝕟𝕔𝕙𝕚𝕝𝕚𝕜 𝕡𝕒𝕝𝕒𝕥𝕒𝕤𝕚 𝕙𝕦𝕫𝕦𝕣𝕚𝕕𝕒𝕘𝕚 𝕐𝕠𝕤𝕙𝕝𝕒𝕣 ℙ𝕒𝕣𝕝𝕒𝕞𝕖𝕟𝕥𝕚 𝕒'𝕫𝕠𝕤𝕚
Tarix, siyosat, ideologiya va shaxsiy qarashlar.
Siyosat bilan ishi yo'q xalqni, xalq bilan ishi yo'q siyosatchilar boshqaradi!

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-10-01 18:05:55 Paradoks!

Tabiiy ofat AQSHda boʻlsa, "Xudo jazolayapti".
Oʻzimizda boʻlsa, "Ollohning sinovi"

@AsliddinKamol
185 views15:05
Ochish/sharhlash
2022-10-01 07:23:22 Dehqon yerga nobop urugʻ sepsa, achchiq hosilini bir oʻzi oʻrib oladi. Oʻsha yili.

Oʻqituvchi bolaning qalbiga nobop urugʻ sepsa, achchiq hosilini butun jamiyat oʻrib oladi. Yigirma yildan keyin...

Muallim moddiy boylik yaratmaydi deydiganlar jamiyatni ichidan portlatuvchi bombadir!

Oʻtkir Hoshimov

P.s: Oʻqituvchilarni faqat 1-oktyabrda qadrlashni bas qilib, ularning jamiyatdagi mavqeini tiklashimiz, va'da qilingan oylik maoshlarini koʻtarishimiz shart.

@AsliddinKamol
343 views04:23
Ochish/sharhlash
2022-09-30 16:52:41 Siyosatga aralashma deyishadi, lekin oʻzlari maktab darsliklarini, oʻzlarining bir tomonlama siyosatlari bilan toʻldirib tashlashgan.

@AsliddinKamol
213 views13:52
Ochish/sharhlash
2022-09-30 15:50:50
Senator Abera Xuseynova konstitutsiyaga taklif kiritibdilar. Eng qizigʻi u kishi kiritgan taklif 1992-yildan beri bosh qomusimizda mavjud

46-modda.
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.

Menimcha senatorlarimizdan taklif olishdan avval ularga konstitutsiya kitobini oʻqitish kerak

@AsliddinKamol
389 views12:50
Ochish/sharhlash
2022-09-30 13:09:12 Kosov

Kosovning yumushi ogʻir emas. Vaqti-vaqti bilan oʻchoqni chuqulab, olovni tezlatib tursa bas. Bir daraxtda oʻsgan birodarlarini kuydirayotganiga achinmaydi. Oʻzi yonmaganiga xursand.
Shunaqa-ku, lekin kosov hadeb oʻchoqqa kirib-chiqaverganidan keyin qorayadi. Qoʻlni kir qila boshlaydi. Uchi sekin-asta yonib kaltalashadi. Qoʻlni kuydiradi...
Shunda uning oʻzini ham olovga uloqtirib yuboradilar.

Daftar hoshiyasidagi bitiklar

@AsliddinKamol
205 views10:09
Ochish/sharhlash
2022-09-29 08:53:41
Noshukur Yaponlar.

Abening dafn marosimi tadbirlari byudjetdan qoplanishini eshitib, tadbirni toʻxtatishni talab qilib, koʻchaga namoyish qilib chiqishibdi. Yaponiyaning rivojlanishiga Abening aloqasi yo'q, byudjet mablagʻlaridan tadbir qilishni bas qiling deyishayotganmish.
Yaponiya bugungi kunda dunyodagi taraqqiy etgan mamlakatlardan biri.
Ba'zi mamlakatlarda rahbarlari tabiiy boyliklarni sotishdan boshqa hech ish qilolmagan boʻlsada, odamlar haligacha uning siymosiga sigʻinib yashashadi. Hatto u boshchiligida oʻgʻirlangan milliardlarni ham buyursin deb oqlashadi. Uning oʻgʻriligini aytganlarni esa oʻlganlarni ortidan gʻiybat qilma deb toshboʻron qilishadi.
Hech tushunmayman nega Yaponlarga oʻxshagan noshukurlar, shukur qilib yashovchilardan yaxshi yashashadi?

@AsliddinKamol
234 views05:53
Ochish/sharhlash
2022-09-28 21:21:20 Shaxsiyati rivojlanmagan odamlarga "mukofot" deb, kichkina temir parchasini berib qo'ysangiz bo'ldi, izmingizga kiradi.

"Mariya" romanidan

@AsliddinKamol
208 views18:21
Ochish/sharhlash
2022-09-28 16:23:33 Tabiiy boyliklar, neft va gazni axmoq ham sotib biladi. XXI asrda texnologik rivojlanish kerak.

@AsliddinKamol
224 views13:23
Ochish/sharhlash
2022-09-27 17:21:24 Қозоғистон, минтақада, давлат қадр-қиммати ва ислоҳотлар динамикаси бўйича, илдамлаб бораяпти. Олдинги билдирилган позицияларини мустаҳкамлаяпти.
*
Расмий Остона Россий назорати остида “референдум” бўлиб ўтган Украина вилоятларининг “мустақиллигини” ва Россия таркибига қўшилишини тан олмаслигини билдирди. Бу ҳақда Қозоғистон ташқи ишлар вазири баралла баёнот берган. Бу билан, Остона, очиқ ва қўрқмас дипломатия олиб бормоқда. Минтақанинг қолган давлатлари эса “эҳтиёткорона дипломатия” сабабли, бирон позиция билдирмаган.
*
Президент Тўқаев бугун Туркистон шаҳрида “Ҳеч бир инсон президентлик лавозимини узоқ муддат ўтирмаслиги керак. Фарқи йўқ, бутун дунёда бўладими, еки минтақамизда... Агар бир инсон узоқ муддат олий ҳокимиятда ўтирса, бундан унинг давлати ҳам, унинг ўзи ҳам обрўй топмайди...” деган. Қозоғистонда Конституция ўзгариб, етти йиллик бир мандат жорий қилинди. Шу йил ноябрда бўладиган сайлов учун, Тўқаев сайловолди кампаниясини бошлаган. Сайланса (бунга шубҳа йўқ), у 2029 йилда аниқ ҳокимиятдан кетиши керак бўлади.
*
Тўқаев шунингдек, Россиядан кириб келаётган қочқинлар борасида ҳам, муносабат билдирган.
“Кейинги кунларда Россиядан бизга кўплаб инсонлар кириб келмоқда. Уларнинг аксарияти иложсизликдан ўз ватанларидан чиқиб кетишга мажбур бўлмоқда. Биз уларга ғамхўрлик кўрсатишимиз, уларни хавфсизлигини таъсинлашимиз керак. Бу сиёсий ва инсоний масала. Мен бу борада керакли ишларни қилиш учун, ҳукуматга кўрсатмалар бердим” деб айтган Тўқаев.
*
Бу гаплар Путинни ғашига тегиши аниқ. Лекин, Тўқаев Путиннинг раъйини ўйлаб давлат бошқараётгани йўқ. Тўқаев учун Қозоғистон давлатининг қадр-қиммати – компромиссга бориб бўлмас масала эканлиги равшан бўлди.
*
Тўқаев шу етти йилликда кетишни режалар экан, Қозоғистонда катта сиёсий-маъмурий ислоҳотларни кутиш мумкин. Чунки, ҳокимиятдан кетишга тайёрланаётган сиёсатчи, албатта тарихда яхши ном билан қолишни ўйлайди, ва уни ислоҳотлардан тийиб турувчи сиёсий сабаблар ўз аҳамиятини йўқотади.

Kamoliddin Rabbimov
Siyosatshunos

@AsliddinKamol
270 views14:21
Ochish/sharhlash
2022-09-24 17:55:55
Har bir Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportida ushbu soʻzlar yozilgan. Bugun Rossiya qamoqxonalarida asosli va asossiz qamoqda saqlanayotgan yurtdoshlarimiz Ukrainadagi urushga majburiy tashlanayotgani haqida yetarlicha ma'lumotlar chiqdi. Lekin nega hukumat bu himoyasiz fuqarolarini himoya qilmayapti? Aksincha shu paytgacha faqat sukut saqlashdi. Hatto jamoatchilikning e'tirozlariga ham javob qaytarishmadi.
Shu oʻrinda savol tugʻiladi. Agar fuqaro oʻzining majburiyatini bajarmasa javobgarlikka tortiladi lekin hukumat oʻzining majburiyatini bajarmasa nega buning uchun javob bermaydi?

Davlat oʻz majburiyatini bajarsin!RFda yurgan vatandoshlarimizni himoya qilsin!!!
Qoʻrqoqlikni diplomatiya deb haspoʻshlamasin!!!

@AsliddinKamol
465 viewsedited  14:55
Ochish/sharhlash