Get Mystery Box with random crypto!

Bugun bir sirni sizlar bilan boʻlishaman. Amaldorlarning koʻp | 𝘼𝙨𝙡𝙞𝙙𝙙𝙞𝙣 𝙆𝙖𝙢𝙤𝙡

Bugun bir sirni sizlar bilan boʻlishaman. Amaldorlarning koʻpchiligi, ayniqsa hokim-u, zam hokimlar har kuni restoranlarda qarzga ziyofatxoʻrlik qilishadi. Restorandan 200-300 mlngacha qarzi bor bir amaldorni koʻrganman. Qarz yigʻilib boraveradi, shaharda qanaqadir tadbir, forum yoki mehmonlar kelganida oʻsha restorandan byudjet hisobidan ovqatlantirishadi. Shu vaqtda hamma qarzlarini qoʻshib yuborishadi. Restoranlar ham buni biladi uchun ularga qarzga xizmat koʻrsatishdan har doim manfaatdor.
Soʻzlarimga ishonishmasa ba'zi tashkilotlar restoranlarga reyd tashkil qilib, qarz daftarlarini tekshirib koʻrishsin.
Rasmdagi forum harajatlarida ham byudjet (xalqning) pullari oʻzlashtirilganini anglash qiyin emas. Bir kishi 1.200.000 ga kechgi ovqat. Braziliyadan keltirilgan Karkidon goʻshtini yegan boʻlsa kerak.

@AsliddinKamol