Get Mystery Box with random crypto!

#GERBIM_FAXRIM O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qil | ASLIDDIN | BLOG✔️

#GERBIM_FAXRIM
O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining yilligiga bag'ishlanadi.

Shodlik kuyi

Quyosh gulxan yoqar sahroda,
Maysalarning biyron tillari kuygan.
Mag’rur ketib borar azamat cho’pon,
Zabonida olov-alanga kuygan.

Shig’irlab oqadi qumlar qo’zg’alib,
Bamisli poyida to’lg’onar daryo.
Shiroq ketib borar quyoshga qarab,
Og’riqqa sira ham qilmasdan parvo.

Vatan suratini chizmoqchi bo’lsam,
Ko’z oldimga kelar doim ushbu hol.
Ona xalqi uchun qonga belanib,
Bayroqqa aylanib qolgan jangchi chol!

Bugun Shiroqlari madh etilgan kun,
Gerbida iymoni aks etilgan kun,
Istiqlol shodligi zabt etilgan kun,
Hurlik qo’shiqlarim - muyassar xalqim!

Dilafruz Obloqulova
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti talabasi