Get Mystery Box with random crypto!

Yozishni yaxshi ko'raman Maqola yozish oson va oddiy ish emas | Asadbek Bozorov

Yozishni yaxshi ko'raman

Maqola yozish oson va oddiy ish emas. Chunki, yozish uchun fikrlash kerak. Siz 1 daqiqada o'qib tugatgan bu maqolani yozishga 1.5-2 soat vaqt ketdi. Buni yozib ko'rganlar tushunadi.

Qiyin bo'lsa-da, unda nega men yozaveraman? Chunki men yozishni yaxshi ko'raman. Bolaligimdan shunday. Ijod qilish, nimadirlar yaratish men uchun yoqimli ish.

Hech kim bu uchun pul to'lamasa ham men yozaveraman. Sababi, fikrlarimni ulashishga menda ehtiyoj bor.

Shu bilan birga, yozish orqali fikrlarimni umumlashtirib, boshqalarga yetkazib berish ko'nikmasini rivojlantiryapman.

Yozishning buni o'quvchilardan ko'ra o'zimga foydasi ko'proq ekan. Demak, bu - shakllantirishim kerak bo'lgan yaxshi odat.

Ha, shunday. Yozish bu san'at. Yozish bu ko'nikma. Unga ega bo'lsangiz, kelajakda ko'p foyda topasiz.

Nima qilishni esa o'zingiz yaxshi bilasiz. )

@asadbekbozorov