Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Yangi yil retseptlari ruknini yakunlaymiz. Duxovkada pis | Artel Kitchen

Bugun Yangi yil retseptlari ruknini yakunlaymiz.
Duxovkada pishirilgan apelsinli tovuq bayram dasturxonining chinakam bezagi boʻladi.

Masalliqlar va ularning miqdorlari karuselda koʻrsatilgan, quyida tayyorlash usuli yozilgan:

• Sarimsoqni tozalab, pressdan oʻtkazing;
• Apelsinlarni boʻlaklarga boʻling;
• Tovuqni butunligicha yuvib, salfetkaga shimdiring, tuz, qalampir va sarimsoq sepib ustini ishqalang;
• Apelsinning yarmini ichiga soling;
• Tovuqqa soya qaylasi, sariyogʻ, shakar aralashmasini surting va timyan seping;
• Goʻshtni pishirish tovasiga joylashtirib, qolgan apelsinlarni qoʻyib chiqing;
• Duxovkaga joylashtirib, 180° haroratda pishiring;
• Dasturxonga tortishdan avval rukkola shoxlari bilan bezashingiz mumkin.

Bu taom aynan bayram uchun yaratilgan. U tantanavor koʻrinishga ega, mazali hamda xushboʻy, uning taʼmi uzoq kunlar muhokamaga aylanadi.

Lentamizda olxoʻri qoqili salat, achchiq kanape va haqiqiy bayram tortining retseptlarini topasiz, ular va bugungi tovuq goʻshti bilan mukammal ansambl yarating.

Nashrni saqlab qoʻying, doʻstlaringiz bilan ulashing va Artel Kitchen bilan birgalikda Yangi yilga tayyorlaning!

Текст на русском