Get Mystery Box with random crypto!

Yangi yil oqshomida farzandlarimizni shirinliklar bilan xursan | Artel Kitchen

Yangi yil oqshomida farzandlarimizni shirinliklar bilan xursand qilishni xohlaymiz. Bugun ajoyib ta'mga ega "Zanjabilli tort" retseptini ulashmoqchimiz.

Xamir tayyorlash uchun:
Quruq masalliqlarni mayda elakdan o'tkazib oling va xamir ko'pirtirgich yordamida aralashtiring;
Sariyog'ni mikser yordamida ko'pirtiring, shakar va tuxumni birma-bir qo'shing;
Sedra, vanil va shinni bilan aralashtirilgan sutni uch qismga ajratib sariyog'li aralashmaning ustiga quying. Bir xil ko'rinishga kelguncha aralashtiring;
Xamirni 2 qismga ajrating va qolipga soling. 180° darajada 25-35 daqiqa davomida pishiring;
To'liq sovib bo'lgach, har birini 2 qatlamga ajrating.

Pryanik tayyorlaymiz:
Sariyog'ga shakar va asal qo'shing, aralashtiring va eriting;
Ziravorlar, tuz, kakao, bir dona tuxum va xamir yumshatgich bilan aralashtirilgan un qo'shing;
Xamir qo'lingizga yopishmaydigan holga kelgach, uni oziq-ovqat plyonkasi yordamida o'rab, xona haroratida 3-4 soatga qoldiring;
Xamirni 3-4 mm qalinlikda yoyib chiqing;
Pryaniklarni qoliplari bilan kesib oling va 180° darajada qizdirilgan duxovkaga 10-12 daqiqaga qo'ying.

Tuzli karamel tayyorlaymiz:
Smetanani suv yordamida isiting;
Shakarni 6 qismga bo'lib, tovaga soling. Shakar erigandan so'ng qolgan masalliqlarni qo'shing.
6 daqiqa davomida qizdiring, keyin sovushini kuting.

Krem tayyorlaymiz:
Qaymoqni mikser yordamida ko'pirtiramiz;
Jarayonning o'rtasida quyuqlashtiruvchi qo'shing va sovutilgan karamel bilan aralashtiring.

Tortimiz deyarli tayyor bo'ldi, yig'ishni boshlaymiz:
Ustma-ust taxlab chiqing;
Har bir qatlamga qaymoq suring;
Rasmda ko'rsatilganidek, pryanik bilan bezang;
Tayyor tortni muzlatgichga 2 soatga solib qo'ying qo'yamiz.

Agar yaqinlaringizga sehrli tort pishirb berishni xohlasangiz, retseptimizdan foydalaning. Postni saqlab qo'ying, do'stlaringizga yuboring va Yangi yil bayramiga Artel Kitchen bilan birgalikda tayyorlaning!

На русском языке