Get Mystery Box with random crypto!

👑 Club Bass Music kanali 👑

Telegram kanalining logotibi armonliqizzzz — 👑 Club Bass Music kanali 👑 C
Telegram kanalining logotibi armonliqizzzz — 👑 Club Bass Music kanali 👑
Kanal manzili: @armonliqizzzz
Toifalar: Oʻyinlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 438
Kanalning ta’rifi

🌹Assalomu alaykum 😊
🌹Kanalimizga Xush Kelibsiz 🥰
🌹Bass Music 🎧
🌹Tik Tok Trend 🎧
🌹Mashina Bop Basss Muzika 🎧
👨🏻‍💻Creator: @Yolgizbek_2oo5
⚡Admin: @shoh_06_27

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2022-12-24 18:03:33 ....... UNUTMAYSANA .......
                10-QISM
   ---Salom, kuttirib qo'ymadimmi?
   ---Yo'q. Aksincha men bezovta qilganim uchun uzr so'rayman. Senga muhim gap aytish uchun chaqirgan edim.
   ---Eshitaman.
   Davrom o'ylanib qoldi "Aytsammikan"
   ---Men... Ertaga... Ketyapman.
   ---Qayoqqa,- hech narsani tushunmay so'radi Dinara.
   ---Boshqa davlatga... Ishlash uchun.- Davron zo'rg'a gapirardi.
   ---Qanchaga? Bir haftagami? Bir oygami...
   ---Bir yilga.
   ---Nima?!- o'zi bilmagan holda baqirib yubordi Dinara.- O'ylab gapiryapsizmi?- men nima qilaman?
   ---Sen xavotir olma. Men qaytaman. Shunchaki, so'rashdi. Yo'q deyolmadim. Buning ustiga yaxshi foyda kelarkan.
   Dinaraning ko'zidan yosh oqdi.
   ---Meni o'zimni yolg'iz tashlab ketmoqchimisiz? O'zi sizning sevgingizga endi erishdimku. Shu ishingizni qo'ysangizchi.
   ---Dinara, meni tushun. Axir bir umrga ketmayapmanku. Qaytaman. Albatta yana birga bo'lamiz.
   Dinara taslim bo'ldi. Unga gapirish befoydaligini tushundi. Ohista boshini egdi va eshitilar-eshitilmas pichirladi:
   ---O'zingizni asrang.
   ---Albatta gulim. Meni kutasana? Unutmaysana?
   ---Bir umr kut desangiz ham kutaman! Faqat tezroq qayting. Sizsiz yashasimni tasavvurimga sig'dirolmayman.
   ---Rahmat gulim. Meni tushunganing uchun. Har kuni telefon qilib turaman.
   ---Aytgancha, qachon ketyapsiz?
   Davron yana boshini egdi.
   ---Ertaga. Samalyot ertaga soat 11da ucharkan.
   Dinara bu paytda ham hech narsa deyolmasdi. Davronni qattiq quchdi. Ko'ziga duv-duv yosh keldi.
   ---Iltimos, o'zingizni ehtiyot qiling. Bilib qo'ying. O'z Vataningizda qalbingizning bir burchagida sizni jonidan ortiq sevuvchi inson sizni kutib yashaydi. Ertaga albatta boraman. Siz menga telefon qiling iltimos.
   ---Albatta aytaman. Sen bilan xayrlashmay ketadigan axmoq bor ekanmi? Endi bor. Oying kutib qolgandir.
   ---Xo'p. Mayli.- Dinara bir qadam tashladi lekin yana Davronning quchog'iga otildi.
   ---Sizni qo'yib yuborgim kelmayapti. Xuddi sizni bir umrga yo'qotayotgandekman.
   ---Yoningdaman gulim. Men doim qalbingda bo'laman.
   ---Xayr.
   Dinara uyiga ketdi. Xonasiga kirdi-yu, negadir yig'lab yubordi...

Davomi boor...


Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      @Armonliqizaloqq       
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•
47 viewsㅤㅤㅤㅤㅤ, edited  15:03
Ochish/sharhlash
2022-12-24 18:03:33 ....... UNUTMAYSANA .......
              9-QISM
   ---Mumkinmi?
   ---Ha kiraver Davron.
   ---Assalomu aleykum,- Davron Sardorga qo'lini uzatdi. Lekin qo'li havoda muallaq qoldi.
   ---Kel, o'tir.
   ---Rahmat. Chaqirtirgan ekansiz.
   ---Ha, chaqirgandim. Senga bir ish bor. Agar yo'q demasang.
   ---Qo'limdan kelgancha haralat qilaman Sardor aka.
   Sardor bir muddat kalovlanib turdi.
   ---Xullas, gapni cho'zmayman. Seni Amerikaga ishlashga jo'natmoqchiman. U yerdagi hamkorlarimiz tajribali xodimga muhtoj. Shuning uchun ularga sen haqimgda aytdim. Ular rozi bo'lishdi. Seni kutishyapti. Ertaga samalyotga chiqasan. Chiqta tayyor. Xarajatlarni ham o'zim...
   ---Lekin Sardor aka, men bunday qilolmayman. Axir bu yerda... Oilam, yaqinlarim, qolaversa sevganim ham bor.
   ---Bir umrga ketmayapsanku, bir yil ishlab qaytib kelasan. Sen xavotir olma, u uerdagilar seni yeb qo'yishmaydi. Bu faqat sening foydang. Men ham seni o'ylab gapiraman.
   ---Mayli, Sardor aka. Men ozgina o'ylab ko'ray. Kechgacha javobimni aytaman.
   ---Mayli, faqat ko'p qolib ketma. Sen biz uchun muhim insonsan. Yuzimni yerga qaratmaysan degan umiddaman.
   ---Albatta Sardor aka. Mayli men unda boray. Hamma bilan maslahatlashib keyin sizga xabar beraman.
   ---Bo'pti, yaxshi bor.
   Davron xonadan chiqib ketdi. Sardor:
   ---Ko'nmay qayergayam borarding.- deb qo'ydi.

   Uyga kelib Dinaraga telefon qildi.
   ---Alo, jonim yaxshimisan, sog'lig'ing yaxshimi, charchamayapsanmi, oying salomatmi?
   ---Yaxshi rahmat hayotim. O'ziz yaxshimisiz? Ishlariz joydami.
   ---Ha. Dinara, hozir ko'rishsak bo'ladimi? O'zimizni joyda?
   Dinara hayron bo'ldi.
   ---Kech bo'lganda-ya?
   ---Ha. Juda zarur gapim bor edi. Hozir aytmasam bo'lmaydi.
   ---Xo'p. Unda yarim soatlarda o'sha yerda bo'laman.
   ---Ko'rishguncha gulim.
   Dinara yuragi bir marsani sezganday g'alati urib ketdi. Tez kiyindida, Davron aytgan manzil tomon shoshildi...

Davomi bor...


Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      @Armonliqizaloqq       
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•
41 viewsㅤㅤㅤㅤㅤ, edited  15:03
Ochish/sharhlash
2022-12-24 18:03:33 ....... UNUTMAYSANA .......
               8-QISM
   ---Yo'q, yo'o'q! Bo'lishi mumkinmas. U meniki edi! Bir qadam qolgan edi, bir qadam! Davron! Nima haqqing bor mendan baxtimni tortib olishga?! Nahotki sezmading? Uni men ham sevardim! Yo'q. Bunaqasi ketmaydi. Ikki yil kutdim axir, uni osonlikcha berib qo'yarkanmanmi? Axmoq emasman.
   Sherzod u yoqdan buyoqqa borib kelar, alamdan yuzlari qizargan, qo'liga tushgan narsani devorga otib sindirardi.
   ---Yo'q, janob Davron. Sendan kechib bo'lsa ham unga ega bo'laman. Meni aytdi dersan.
   Sherzod telefoniga bo'layotgan qo'ng'iroqqa ham qaramasdan qayoqqadir ketdi. Shahdam qadamlar bilan qaysidir binoga kirdi.
   ---Mumkinmi xo'jayin,- o'ta muloyimlik bilan gap boshkadi Sherzod.
   ---Iye, kimlarni ko'ryapman. Qani kelsinlar. Biz tomonga qaysi shamol uchirdi.
   Bu Sardor. Sherzodning do'sti edi. U yirik kompaniya direktori,  Davron esa shu yerda Sherzod bilan birga ishlar edi.
   ---Sizga bitta taklifim bor edi janob boshliq.- Sherzod xunuk iljaydi.
   ---Qo'ysangchi, sen do'stimsan. Bemalol ismimni aytib chaqiraver. Taklifingga kelsak, men senga biror marta yo'q deganmanmi?
   Sherzod xursand bo'ldi.
   ---Unda eshit...
  
   Dinara o'z xonasida Sevara bilan ishlab o'tiribdi. Oshxona tarafdan oyisining ovozi eshitildi:
   ---Qizlar, tushaqolinglar. Ovqatlanib olaylik. Keyin ishingizni davom etiiraverasiz.
   Dinara shu ovozdan keyin o'ziga qaradi. Stol ustidahech narsa o'zgarmagan, u faqat Davronni o'ylaganidan ish qilishni ham unutib qo'yibdi. Hamma narsani Sevaraning o'zi bitiribdi.
   Qizlar pastga tushishdi. Ovqat boshida ham Dinara faqat Davronni o'yladi. U baxtli edi. Sevgani yonida. 10 yil kutgan sevgisini topdi. Endi hammasi yaxshi bo'ladi.
   Ertasi kuni. Dinara ishdan chiqdi. Ko'chada uni Davron qo'lida qip-qizil atirgullar bilan kutib turar edi. Dinara sal qolsa yig'lab yubirar edi.
   Davron uni uyiga tashlab o'zi ishxonaga ketdi. Uni boshlig'i chaqirtirgan edi...

Davomi bor...


Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      @Armonliqizaloqq       
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•
34 viewsㅤㅤㅤㅤㅤ, edited  15:03
Ochish/sharhlash
2022-12-24 18:03:33 ....... UNUTMAYSANA .......
                7-QISM
   Sevara Davron bilan big'dagi skameykada o'tirishibdi. Ikkalasining ham xatollari parishon. Ikkalasi ham o'z xayollari bilan band.
   ---Bu ishimiz to'g'rimikan?- gap boshlab qoldi birdan Davron.
   ---Negaa? Axir biz rostakamiga uchrashib yurmayapmizku?
   ---To'g'ri, lekin bu syurpriz bilan Dinaraning ko'nglini og'ritib qo'ymasmikanmiz?
   ---E, zo'r bo'ladi hammasi. Meni aytdi dersan.
   Aslida Davron Dinarani sevib qolganiga yarim yil bo'ldi. Lekin sevgisini aytishga uyaldimi, andisha qildimi, qo'rqdimi, o'zi ham bilmaydi.
   Ularning rejasi shundan iborat ediki, Sevara Davron bilan bir birini sevishini aytadi. Dinaraga ham shunday deyishadi. Keyin Dinara uchrashishga chaqiradi. Va Davron unga sevishini aytadi.
   Qo'ng'iroq.
   ---Alo, eshitaman.
   ---Dinara, dugonajon, yaxshimisan?
   ---Ha rahmat.
   ---Bugun ko'rishsak bo'ladimi?
   ---Mayli,- istar istamas javob berdi Dinara.
   Uchrashish joyini kelishib olishdi. U yerda Dinarani nima kutayotganini bilmas edi...
   Xiyobon. Tanish daraxtlar. U yerda Dinarani Sevara kutardi. Lekin yonida yana kimdir bor edi... Dinara diqqat bilan qaradi... Ha. Bu Davron edi.
   Dinara uni unutdim deb o'ylagan edi. Lekin yana yuragida o'sha tanish, totli og'riqni sezdi. Yengil jilmaydi.
   ---Keldingmi o'rtoq.
   ---Ha rahmat.- Dinara Davron tomonga qaradi.
   ---Salom.
   ---Yaxshimisiz.
   ---Sizlar bu yerda gaplashib turinglar, men hozir kelaman.
   Sevara nari ketdi. Davrondan ham Dinaradan ham ancha vaqtgacha sado chiqmadi.
   ---Men... Seni... Yaxshi ko'raman.- Davron negadir "sevaman" deyolmadi.
   Dinara uning yuziga qaradi. Ko'zlarida taajjub bor edi.
   ---Nima?
   ---Seni sevaman deyapman.
   Dinara chidolmadi. Yig'lab yubordi.
   ---Yolg'on gapirmayapsizmi?
   ---Endi yo'q- Davron yerga qaradi.
   ---Axir Sevarani sevardingizku?
   ---Bu hammasi sen uchun edi. Sen bilan uchrashmoqchi edim. O'zim aytolmagan bo'lardim.
   Dinara uni quchoqlab oldi.
   ---Rahmat sizga! Hayotimda bo'lganingiz uchun!
   Dinara shu damda ko'prikdagi voqeani esladi. Agar ko'ngli bo'shlik qilganida... Bu ishi uchun o'zini koyidi.
   Ikki sevishgan ancha oaytgacha xiyobonni aylanishdi...

Davomi bor...


Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      @Armonliqizaloqq       
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•
31 viewsㅤㅤㅤㅤㅤ, edited  15:03
Ochish/sharhlash
2022-12-24 18:03:33 ....... UNUTMAYSANA .......
                 6-QISM
   Dinara Sevara aytgan xiyobonga keldi. Uni ko'rdi. Bir muddat joyidan jilolmay qoldi. Keyin o'zida kuch topib oldiga bordi.
   ---Voy, Dinara, qalesan, nega yo'q bo'lib ketting? Sendan rosa xavotir oldim.
   Dinara unga telefoni o'chib qolganini aytdi.
   ---Bilasanmi...- ikkilanib so'z boshladi Sevara,- Davron...- Dinara buyog'ini eshita olmadi. Ko'zidan bir tomchi yosh oqib tushdi. Lekin bildirmadi.
   -Davron... Menga sevgi izhor qildi. Ishonasanmi? Qanchalik xursandligimni bilsang edi. Men ham uni bir yildan beri sevardim.
   Sevara dugonasi haqida o'ylamadi ham. U baxtdan sarmast edi.
   ---Bilsanami, u yonimga keldiyu, qo'limdan ushlab qayoqqadir boshlab ketdi. Mashinasining oldiga kelganimizdan so'ng oldi eshigini ochdi. U yer qip-qizil atirgullarga to'la edi. Biram baxtliman!
   Dinara hech narsa deyolmadi. Axir bular u orzu qilgan baxt edi. Nahotki, u bunga noloyiq bo'lsa?
   U boshqa chidolmadi.
   ---Mayli dugonajon. Baxtli bo'linglar... Bo'pti, men ketishim kerak. Ishlarim ko'p edi.
   U shart burilib yugurib ketdi. Lekin negadir uyga emas, boshqa joyga.
   Bir ko'prik ustiga chiqdi. Juda chiroyli manzara. Pastda katta daryo oqib o'tadi. Mayin shabada esmoqda. Dinara bir zum hamma narsani unutdi. Sevarani ham, Davronni ham, Sherzodning gaplarini ham... Bir muddat dunyoni nariga surdi. Ko'prikning baland joyiga chiqdi... Qo'llarini ikki yonga yozdi... Oldinga biroz tisarildi... Ko'zlarini yumdi...
   Shu on... Hamma narsa ko'z o'ngidan o'ta boshladi. Onasi, uyda kutib o'tirgan ukasi, akasi. O'zini o'nglab oldi.
   ---Yo'q.- shivirladi u,- o'lishga haqqim yo'q. Oilam uchun ham yashashim kerak. Agar bu ishni qilsam, taslim bo'lgan bo'laman. Men hech qachon yengilmaymam. Hali baxtni topaman.
   Dinara pastga tushdi. Ko'ngli qandaydir taskin topdi. Ancha yengil tortdi.
   Uyiga keldi va ertangi kuniga tayyorgarlik ko'ra boshladi...

Davomi bor...


Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      @Armonliqizaloqq       
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•
32 viewsㅤㅤㅤㅤㅤ, edited  15:03
Ochish/sharhlash
2022-12-24 15:53:10
Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      @Armonliqizaloqq       
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•
32 views AnSoRa , edited  12:53
Ochish/sharhlash
2022-12-24 15:53:09
Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      @Armonliqizaloqq       
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•
30 views AnSoRa , edited  12:53
Ochish/sharhlash
2022-12-23 17:25:24
Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      @Armonliqizaloqq       
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•
48 views AnSoRa , edited  14:25
Ochish/sharhlash
2022-12-23 17:25:23
Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      @Armonliqizaloqq       
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•
40 views AnSoRa , edited  14:25
Ochish/sharhlash
2022-12-23 17:24:39
Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      @Armonliqizaloqq       
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•
37 views AnSoRa , edited  14:24
Ochish/sharhlash