Get Mystery Box with random crypto!

👑 Club Bass Music kanali 👑

Telegram kanalining logotibi armonliqizzzz — 👑 Club Bass Music kanali 👑 C
Telegram kanalining logotibi armonliqizzzz — 👑 Club Bass Music kanali 👑
Kanal manzili: @armonliqizzzz
Toifalar: Oʻyinlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 438
Kanalning ta’rifi

🌹Assalomu alaykum 😊
🌹Kanalimizga Xush Kelibsiz 🥰
🌹Bass Music 🎧
🌹Tik Tok Trend 🎧
🌹Mashina Bop Basss Muzika 🎧
👨🏻‍💻Creator: @Yolgizbek_2oo5
⚡Admin: @shoh_06_27

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-01-11 20:02:16 ....... UNUTMAYSANA .......
                 25-QISM
   ---A...assalomu aleykum... X...xolajon,- Davron hayajonlanganidan zo'rg'a gapirardi.
   ---Vaalaykum assalom o'g'lim. Xizmat?
   ---Mening ismim Davron...
   Sanobar opa hayron qoldi. Lekin sir boy bermadi.
   ---Xo'sh.
   ---Sizga gaplarim bor edi. Agar iloji bo'lsa gaplashib olsak.
   ---Mayli. Bemalol.
   Ular yaqin atrofdagi kichkina kafega kirishdi. Davron ancha vaqt gapirolmay taraddudlanib turdi-da keyin gap boshladi.
   ---Men qizingizni sevaman. U ham meni sevardi. Lekin men Amerikaga ketdim. U yerda ishim oson bo'lmadi. Uch oy oldin qaytayotganimda samalyot halokatga uchradi. Shu tufayli kela olmadim. Kelganimda esa, qizingiz meni eslolmayapti. U bilan bo'lishimga ruxsat bering.
   ---Ota-onangiz bundan xabardormi?
   ---Ular... Yo'q. Men bir o'zimman. Shuning uchunam sizning roziligingizni olgani kelgandim. Men Dinarani baxtli qilaman. So'z beraman. Xotirasini ham qaytaraman. Iltimos...
   ---Qizim mening borlig'im. Unga bir nima bo'lsa men yashay olmayman. O'shanda avariya bo'lganda ham ming o'lib ming tirildim. Doktorlar xotiralarini eslashga ko'p harakat qilsa zarar deyishyapti...
   ---Xavotir olmang. Men uni urintirmayman. Hammasi yaxshi bo'ladi. Faqat yo'q demang.
   ---Mayli o'g'lim. Qizimni sevganingiz uchun ham roziman.
   ---Rahmat onajon.- Davron Sanobar opani quchoqlab oldi.
   Sanobar opa qizi bilan ko'rishganidan keyin uyiga ketdi. Davron Sherzodga hammasini aytib berdi va yordam so'radi. U rozi bo'lgach, o'z rejalarini amalga oshirishga kirishdilar.
   Bu paytda Dinara palatafa Sevara bilan ovqatlanib o'tirishardi.
   ---Sevar...
   ---Voy, Sevar dedingmi?
   ---Ha nima qipti.
   ---Yo'q. Hech nima.
   ---Men eslolmayapman. O'shanda nima bo'lgan edi? Men taksiga o'tirib qayerga ketayotgan edim?
   ---Haligi... O'zing eslab ko'r. Mening aytishga haqqim yo'q.
   ---Aytaqooool. Hech kimga aytmayman. Iltimos biiir marta.
   ---Mayli. U...
   Xona eshigi taqilladi...

Davomi bor...


Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      t.me/Armonliqizzzz      
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•

Kanalga qo'shilib qo'ying!

#Reaksiya qoldirishni unutmang!
43 views Armonli_Yigit , edited  17:02
Ochish/sharhlash
2023-01-11 20:02:16 ....... UNUTMAYSANA .......
                 24-QISM
   Davron va Sevara bir birlariga bir muddat qarab turdilar. Keyin Sevara zo'rg'a tilga kirdi.
   ---Siz...
   ---Sevara, menga tushntiring...
   ---Keting bu yerdan!
   ---Sevara, axir...
   ---Chiqib keting dedim!
   Davron yerga qaragancha, sekin qadam bosib chiqib ketdi. Sherzod uning oldiga keldi.
   ---Sevara, yuring gaplashib olaylik.
   Ikkalasi birga tashqariga chiqib ketishdi.
   ---Sevara, hech bo'lmasa menga ayta qoling hammasini. Nimalar bo'ldi. Nega u bizni tanimayapti?
   ---Nimani bilishni xohlaysiz?- Sevaraning jahli chiqdi. Yuzi qizarib ko'zlari yoshlandi.- Dinara avtohalokatga uchradi. Uch oy deganda o'ziga keldi. Lekin xotirasini yo'qotgan edi. Tirik ekan, Davron nega shuncha payt undan xabar olmadi? Shumi sevgisi? U ketganidan keyin qanchalik qiynalganini bilmaydi-da. Qayoqdanam bilsin. Balki chet elda qizlar bilan vaqtichog'lik qilib kelgandir.
   ---Yo'q, Sevara, undaymas. U halokat paytida ahvoli juda og'ir edi. Uni zo'rg'a topdim. O'ziga keltirish oson bo'lmadi. Bir oy oldin oyoqqa turdi. U qaytishni xohladi. Lekin men qo'ymadim. Dinara allaqachon turmushga chiqib ketgan deb o'yladim. Bizni kechiringlar. Davronga imkon bering. U sevgani bilan birga bo'lsin. Hali uning xotirasi qaytadi. Davron buni uddalaydi.
   ---Bilmayman. Xolamga aytib ko'raman. Sizlar ular bilan uchrashing. Ular nima desa shu.
   ---Mayli Sevara. Rahmat sizga.
   ---Sog' bo'ling.
   Sherzod yugurib Davronning oldiga bordi.
   ---Do'stim. Imkon bor.- u Sevaradan eshitgan hamma gapni aytib berdi.
   ---Nega unday bo'ladi do'stim, nega? Axir men ataylab qilmadimku. Nahotki biz birga bo'la olmaymiz.
   ---Ruhingni cho'ktirma. Hali hammasi yaxshi bo'ladi. U seni albatta eslaydi. Faqat Dinaraning oyisi bilan gaplashishing kerak. Ularga hammasini tushuntirish uchun.
   ---Mayli. Gaplashaman. Dinara uchun o'l desa o'laman. U uchun borimni berishga tayyorman.
   ---Keyin, do'stim...
   ---Eshitaman Sherzod.
   ---Meni kechir. Hammasi uchun. Seni shuncha qiynaganim uchun.
   ---Do'stim, seni allaqachon kechirganman. Hayotimni qutqargan kuning. Endi oldingiday do'stmiz.
   ---Rahmat senga.
   ---Sengayam.
   Uzoqda Dinaraning oyisi Sanobar opa ko'rindi...

Davomi bor...


Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      t.me/Armonliqizzzz      
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•

Kanalga qo'shilib qo'ying!

#Reaksiya qoldirishni unutmang!
41 views Armonli_Yigit , edited  17:02
Ochish/sharhlash
2023-01-11 20:02:16 ....... UNUTMAYSANA .......
                23-QISM
   Chamasi yarim soat turishganidan keyin qo'shni ayol chiqdi.
   ---Tinchlikmi? Siz kim bo'lasiz.
   ---Kechirasiz, bu xonadonda Dinara ismli qiz yashardi.
   ---Haa umi, u uch oy oldin avtohalokatga uchragan.
   ---Nima?- ko'zidan yosh chiqib ketay dedi Davronning,- u o'ldimi?- zo'rg'a gapirardi u.
   ---U hozir kasalxonada. Ahvoli menga ma'lum emas.- u shunday deb manzilni tushuntirdi.
   ---Rahmat sizga.- ular mashinaga o'tirishdi. Davron o'zini qo'yarga joy topa olmas edi.
   ---Bo'ldi o'rtoq, tinchlan. U o'lmabdiku. Hammasi yaxshi.
   ---Sherzod, sen tushunmayapsan. Men shuncha payt undan bir martayam xabar olmadim. Yashirmayman, hatto turmushga chiqdi deb o'ylagan paytlarim ham bo'lgan. Axmoqman, axmoq!- Davron rulni mushtlab yig'lar edi.
   O'ziga kelganidan keyin yana yo'lga tushishdi. Davron ko'zi yo'lda-yu, xayoli Dinarada edi. Sherzod uni tinchlantirib ketardi.
  
   Ular kasalxonaga yetib kelishdi. Navbatchi hamshiradan u yotgan xonani so'radi. Bilib olgach, ikkinchi qavatga ko'tarildi.
   Eshik oldiga kelganda yuragi g'alati bo'lib ketdi. Kirishga juda qo'rqdi. Lekin yurak yutib ichlariga kirdi.
   ---Dinara...
   Dinara ular tomonga qaradi. Ko'zida hech narsa o'zgarmadi. Unga ma'nosiz nigoh bilan qarab turardi.
   ---Kimsiz?- Dinaraning bergan bu savolidan Davron shokka tushdi. Sherzod ham hayron edi.
   ---Dinara, o'zingmisan? Bu menku axir. Senga nima bo'ldi?
   ---Nahotki eslolmasang, nahotki unutding? Sen menga so'z bergandingku,- Davron uning oldiga tiz cho'kdi.- borlig'im, kechir meni. Seni yolg'iz tashlab ketganim uchun kechir. Xabar olmaganim uchun, hammasi uchun kechir.
   Dinara uni tanimadi. O'zidan itardi.
   ---Keting. Kimsiz? Nima haqqingiz bor mening oldimga kelishga? Men sizni tanimayman.
   ---Dinara., iltimos meni qiynama. Meni tikiklayin ko'myapsanku.
   ---Davron,- Sherzod uning qo'lidan ushladi,- yur ketdik. U o'ziga kelishi kerak.- Davron uni siltab tashladi.
   ---Yo'q. Ketmayman hech qayerga. Dinarani tashlab ketmayman. Dinara, iltimos o'zingga kel. Meni qiynama.
   Shu paytda xonaga Sevara kirib keldi...

Davomi bor...


Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      t.me/Armonliqizzzz      
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•

Kanalga qo'shilib qo'ying!

#Reaksiya qoldirishni unutmang!
38 views Armonli_Yigit , edited  17:02
Ochish/sharhlash
2023-01-11 20:02:16 ....... UNUTMAYSANA .......
                  22-QISM
   ---Dugonajon, kel qaytib tanishamiz. Mening ismim Sevara. Sen bilan 7 yildan beri dugonamiz. Hamma joyga birga boramiz. Hamma sirlarimizni bir birimizga aytamiz. Doim bir birimizga dalda bo'lib kelganmiz. Menga ishonsang bo'ladi. Seni hech qachon sotmayman.
   ---Rahmat senga, hayotimda bo'lganing uchun. Mening hayotimda yana kimlar bo'lgan?
   ---Sening akang bor. U harbiy. Hozir o'qishda. Ukang 8-sinf. Dadang Koreyada. Hozircha shular.
   ---Tushunarli. Boshqa hech kim yo'qmi?
   ---Bilmayman, balki esimdan chiqqandir,- "E Xudo o'zing kechir" ko'nglidan o'tkazdi Sevara.
   ---Ha mayli. Eslasang qolganlarniyam aytib ber. Men hammani bilishni xohlayman... Aytgancha, mening yigitim bormidi?- Sevara o'ylanib qoldi.
   ---Yo'q edi. Sen o'qishni yaxshi ko'rarding.- Sevara yolg'on gapirayotganini yashirish uchun yuzini olib qochdi.
   ---Tushunarli... Endi uyingga boraqol sen ham. Oyim kutib qolgandirlar. Men bu yerda o'zim eplayman hammasini.
   ---Mayli o'rtoq. Yaxshi qol.
   Sevara ketdi. Dinara esa o'z xayollari bilan yolg'iz qoldi.
   ---O'rtoq, Davron menga sevgi izhor qildi. Biram baxtliman... Sevara nega bunday degandi. Kim u Davron? Axir Sevara u haqida aytmagan ediku.
   Qizil gul ushlab unga jilmayib turgan Davron... Aeroportda... Televizorda uning rasmi...
   ---Menga nima bo'lyapti? ... Kim u? "Unutmaysana"... U nega menga unday dedi... Nimani unutmasligim kerak? Mendan nimani yashirishyapti?
   Birdan uning boshiga kuchli og'riq kirdi. U boshini ushlagancha yotdi... Shu yotishda uxlab qoldi.

   ---Sherzod, bo'laqol, samalyotga kech qolamiz.
   ---Voyey muncha shoshmasang. Ulgurasan o'sha samalyotingga. Lekin agar Dinarani ko'rib yana qaytishni xohlab qolsang seni o'ldiraman. O'sha yerda qolasan.
   ---Mayli roziman. Faqat tezroq.
   Mana ular O'zbekistonga qaytishyapti. Davron judayam hayajonda. Bir yil deganda Dinara bilan ko'rishadi. Uni shuncha vaqt kutdi. Xiyonat qilmadi. Faqat uni deb yashadi. Endi esa undan baxtli odam yo'q.
   Mana, uzoq kutilgan vaqt ham keldi. Ular O'zbekistonda. Davron juda xursand. Bir yillik sarsonlikdan keyin qaytish qanday yaxshi...
   ---Endi qayerga borasan o'rtoq,- o'rtaga gap tashlab qo'ydi Sherzod.
   ---Dinaraning uyiga boraman. Unga qaytganimni aytaman. Yana birga bo'lamiz.
   Ular manzilga yetib kelishdi. Eshikni qoqishdi. Hech kim javob bermadi...

Davomi bor...


Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      t.me/Armonliqizzzz      
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•

Kanalga qo'shilib qo'ying!

#Reaksiya qoldirishni unutmang!
36 views Armonli_Yigit , edited  17:02
Ochish/sharhlash
2023-01-11 20:02:16 ....... UNUTMAYSANA .......
                  21-QISM
   ---Qizingiz o'ziga keldi. Lekin hozir hech narsani eslolmaydi. O'shanda sizga aytgan edim bu yog'iga hammasiga tayyor turing deb... Mayli hali o'tib ketadi.
   ---Qizimni xotirasi qaytadimi?
   ---Agar xohlasa, o'zi harakat qilsa qaytadi. Lekin ko'p harakat qilaverish ham uning zarariga tegadi. Shuning uchun ehtiyot bo'lish kerak.
   ---Rahmat doktor. Mayli men boray.
   ---Xayr.
   Dinara palatada o'z karavotida oyog'ini quchoqlagancha bir burchakka tikilib turardi. "Menga nima bo'ldi. Nega u xotin o'zini mening oyim deb tanishtirdi. Anavi oldidagi qiz kim edi? Nahotki hammasi rost bo'lsa?.. Nima bo'lsa bo'ldi. Endi shu hayot bilan yashayman. Balki o'shanda hammasi iziga tushar".
   Xonaga Sanobar opa kirib keldi. Dinara jilmayishga harakat qildi.
   ---O'zingga keldingmi qizim?
   ---Keling oyi.- Sanobar opaning ko'zidan yosh chiqib ketdi.
   ---Meni esladingmi qizim?
   ---Hozircha yo'q.- jilmaydi Dinara,- lekin sizning yuzingizdan mening onamligingiz sezilyapti.- shu paytda xonaga Sevara kirib keldi.
   ---Voy Dinar, nima bo'ldi? Endi hammasi joyiga tushdimi?- Dinara yerga qaradi.
   ---Hozircha yo'q. Lekin sizlarni albatta eslayman. Axir sizlar doim yonimda bo'lgansizlar. Shundaymi?
   ---To'ppa-to'g'ri. Bo'ldi, endi yig'ini bas qilamiz. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi... Xolajon, qarab yubormaysizmi?
   ---Tinchlikmi qizim.
   ---Xolajon, mening gaplarimni diqqat bilan eshiting iltimos. Bu qizingiz uchun muhim. U...
   Sevara Dinaraning Davron bilan munosabatini, uning Rossiyaga ketib, qaytayotganda samalyoti halokatga uchraganini va undan keyin Dinara juda tushkunlikka tushib qolganini, hammasini aytib berdi.
   ---Voy sho'rim. Qizginam, shunchalik azoblarni o'zing ko'tardingmi? Men nodon onangni kechir. Senga dalda berishim kerak edi. Hammasiga men aybdorman.
   Sevara Sanobar opani tinchlantirdi.
   ---Hammasi yaxshi bo'ladi xolajon. Dinara hali o'z holiga qaytadi. Faqat Davron haqidagi xotiralar unga yomon ta'sir qiladi deb qo'rqaman. Shuning uchun o'zi eslamaginicha aytmay turaylik degandim.
   ---Mayli qizim, mayli. Aytmayman. Qizimga yaxshi bo'lsa bo'ldi. U uchun hammasiga tayyorman.
   ---Bo'pti xolajon. Siz uyga bora qoling. Dinaraga men o'zim qarayman.
   ---Xo'p.- Sanobar opa uyga ketdi. Sevara esa dugonasi bilan xonada yolg'iz qoldi...

Davomi bor...
37 views Armonli_Yigit , 17:02
Ochish/sharhlash
2023-01-11 20:02:16 Bugun ,, Unutmaysana ‘‘ hikoyasini tugatamiz

Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      t.me/Armonliqizzzz      
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•

Kanalga qo'shilib qo'ying!

#Reaksiya qoldirishni unutmang!
37 views Armonli_Yigit , edited  17:02
Ochish/sharhlash
2023-01-08 17:31:08 Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      t.me/Armonliqizzzz      
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•

Kanalga qo'shilib qo'ying!

#Reaksiya qoldirishni unutmang!
21 viewsㅤㅤㅤㅤㅤ, edited  14:31
Ochish/sharhlash
2023-01-08 17:01:09
𝐍𝐦𝐚 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐞𝐫𝐤𝐚𝐤 𝐱𝐢𝐲𝐨𝐧𝐚𝐭𝐧𝐢 𝐤𝐞𝐜𝐡𝐢𝐫𝐢𝐥𝐚𝐝𝐢𝐲𝐮..
𝐀𝐲𝐨𝐥𝐧𝐢𝐤𝐢 𝐤𝐞𝐜𝐡𝐢𝐫𝐢𝐥𝐦𝐚𝐲𝐝𝐢?

𝐤𝐚𝐦𝐞𝐧𝐭𝐭𝐚 𝐣𝐨𝐯𝐨𝐛𝐥𝐚𝐧𝐢 𝐤𝐮𝐭𝐚𝐦𝐚𝐧..


Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      t.me/Armonliqizzzz      
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•

Kanalga qo'shilib qo'ying!

#Reaksiya qoldirishni unutmang!
28 viewsㅤㅤㅤㅤㅤ, edited  14:01
Ochish/sharhlash
2023-01-08 14:30:07 Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      t.me/Armonliqizzzz      
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•

Kanalga qo'shilib qo'ying!

#Reaksiya qoldirishni unutmang!
27 viewsㅤㅤㅤㅤㅤ, edited  11:30
Ochish/sharhlash
2023-01-06 15:18:05 Shu kanalga 200ta odam qoshish qiyin lekin 200ta odam chiqib ketishi oson



Do'stlarga ham yuboring

Biz bilan birga bo'ling

•┈┈┈••✦ ✦••┈┈┈•
      t.me/Armonliqizzzz      
•┈┈┈•• ✦ ✦••┈┈┈•

Kanalga qo'shilib qo'ying!

#Reaksiya qoldirishni unutmang!
76 viewsㅤㅤㅤㅤㅤ, edited  12:18
Ochish/sharhlash