Get Mystery Box with random crypto!

DILYORA 36-QISM -Nima bo'ldi qizim . Chirog'ila o'chmayapti. - | 💖 Yuragimdasan Sevgilim🌹🍃

DILYORA
36-QISM
-Nima bo'ldi qizim . Chirog'ila o'chmayapti.
-Xolajon Jahongir hech tinchlanmayapti.
Boya ovqatlanib o'tirganimizda ham yaxshi edi. Tomog'i og'riyaptimi bo'g'ilib qoldi.
-Qani menga kelsinchi Jahongir.
Issig'i ham borku.
-Ha hozirgina o'lchadim. Ozgina oshgan.
-Shifoxonaga olib boramizmi.
-Yarim kechasimi.
-Qiziqmisan bola bo'lsa bu. Qayeri og'riyotganini aytishga tili bo'lmasa. Tayyorlanib tur men Azizni uyg'otaman.
-Ertalabgacha kutarmiz balki...
-Tayyorlan dedim.
Dilyora o'g'lini o'ylab bir siqilsa... Azizni va Layloni bezovta qilishni o'ylab yana bir siqilardi.
-AziZjon bolam ...Aziz.
-Ha oyijon.
Uyqisiragancha javob berdi Laylo.
-Jahongirni ozgina mazasi bo'ayapti AziZni uyg'otib yuboring
-Kechasi ham tinchlik yoq ekanda..
Laylo uyg'otguncha Azizni o'zi turdi.
Hozir chiqaman oyi dedi ko'zlarini ishqalab.
-Kiyimlarimni olib ber Laylo.
-Ana joyida turibdi olavering.
Aziz u bilan tortishgisi kelmay indamay kiyinib chiqib ketdi.
-Jahongirni ahvoli yanada og'irlashdi. Zo'rg'a nafas olib tinmay injiqlik qilib yig'lardi
Aksiga olib taksi ham kl'rinmaydi..
Ular bir amallab shifoxonaga yetib kelishdi. Yarim kechasi faqat hamshiralar yurishibdi.
-Vrach qani.
-Hozir keladilar
Yarim soat vrachni kutgan Azizni toqati toq bo'ldi.
-Bugun navbatchilikda qaysi vrach. Ism familyasi nima.
Uning vajohatidan hamshira qiz qo'rqib ketdi. Yo'qolgan vrach ham 15 daqiqada paydo bo'lib qoldi. Kerakli muolajalardan so'ng Jahongir ham ancha yaxshi bo'lib qoldi.
-Faqat hozir shu yerda qolasizlar.
-Nega.
-Ertalab kerakli tahlillar o'tkazilishi kerak.
-Hop mayli qolishadi.
Ularga palatadan joy ajratildi. Aziz bilan Mahbuba opa ertalab kelamiz deb ketishdi.
Bolajonim qo’rqitib yubordinku meni. Mehribonim boshqa unday qilmagin hop. Ahir sen oyingni jonisanku.
Dilyora Jahongirni tepasida ertalabgacha uhlamasdan o'tirib chiqdi.
O'tkazilgan tahlil natijalari esa Dilyorani dovdiratib qo'ydi..
-Bolada bronxial astma bor. Yana allergiya qo'zg"atadigan turi. Tug'riq jarayoningiz og'ir o'tganmi .
-Ha.
-O'g'lingizni yuragida ham nuqson bor..ya'ni porok serdsa
-Nega nimaga bunday bo'ladi.
-Muddatidan avval tug'ilgan. Tug'ruq jarayoni asoratli bo'lgan.
-Sog'ayib ketadimi .
-Hozir bu natijalarni olib Respublika shifoxonasiga borasizlar.
O'sha yerdagilar aytishadi.
Yaxshi sharoit va moddiy tomonlama yaxshi qarov bo'lsa albatta sog'ayib ketadi.
-Raxmat doktor
Aziz Dilyorani olib chiqib ketdi.
-Dilyora siqilma yig'lama. Hali bu aniqmas. Hamma ham adashishi mumkin. Qani aytgan joylariga ham olib boraylikchi balki umuman boshqa narsa der ular.
Dilyora indamadi.
-Dilyora sen Aziz bilàn uyga borib kel. Kerakli narsalarni olib olasan. Men Jahongirga qarab turaman.
-Bo'ldi siqilaverma hammasi yaxshi bo'ladi.
-Sizni ham boshingizni tashvishga qo'ydim. Kechiring
-Aslo bunday dema Dilyora .
Seni o'z yaqinim deb bilaman.
-Raxmat sizga
Yaxshi ham siz bor ekansiz.
-Qani yur kettik.


Davomi bor...

@Armonimsan_sevgilim