Get Mystery Box with random crypto!

DILYORA 35-QISM Jahongir kundan kunga o'zgarib katta bo'lib J | 💖 Yuragimdasan Sevgilim🌹🍃

DILYORA
35-QISM
Jahongir kundan kunga o'zgarib katta bo'lib Javohirni o'zi bo'lib qolayotgandi. Aziz ham gohida hayron bo'lib qoladi shunchalik ham o'xshash mumkinmi deb.
Dilyoraku unga har qaraganda Javohirni eslaydi. Eslamaslikni unutishni aslo imkoni yoq. Bu ilojsiz.
Bugun ham mana hayolga berilib o'tiribdi. Jahongir divanda pishillagancha so'rg'ichini so'rib uhlab yotibdi. U farzandini tim qora sochlarini avaylabgina siladida yana Javohirni eslaydi esladi..
Ko'zlarini yumdi. Huddi yonganisida o'ziga o’xshab divanga tiralgancha farzandiga termulib turgan Javohirni tasavvur qildi.
-Mmm shunaqasiyam bo'larkanmi.
-Nima boldi sevgilim.
-9 oy bag'ringda asrab avaylab ko'tarib yurasan. Lekin qarabsanki tug'ulganida huddi dadasini o'zi bo'ladi.
-Ha haa haa nima ekan debman. Qara mani polvonimmi. Chempionim o'zimmi.
-Nima qanaqa chempion. O'qimishli inson bo'ladi
-Yoq chempion bo'ladi.
-Ko'ramizda hali.
-Sekinroq uyg'otib yuborasan.
Kel o'zimga... Mani yagona gulim.

-Dilyorapa....
-Ha Laylo keling
-Nima bo'ldi nega yig'layapsiz. Ahvolingiz.
-Men yaxshiman o'zim shuncahki
-Yuring uhlayotganida choy ichib oling . Men yonida bo'lib turaman.
-Mayli hozir chiqaman.
Dilyora yana yonginasiga umidla termuldi. Qani edi hayollarim hayotga ko'chib qolsa deya..

Jahongir 6 oylik bo'ldi. Endi Dilyora ham bolani Mahbuba opaga tashlab ishga chiqa boshladi. Go'zaldan hamon daraj yoq. Faqatgina ijtimoiy tarmoqlardagina gaplashib turishardi u bilan. Haqiqatdan ham chet elga ketgan ekan. Buni qo'yayotgan rasmlarudan ham bilish mumkin edi.
Dilyoraning ishda Aziz bilan birgaligi uyda ham unga bo'lgan e'tiborini ko'rgan Layloni sabr kosasi to'ldi. Qalbida rashk hissi uyg'ona boshladi. Aziz Johongirni suyib erkalasa ham jahli chiqadigan bo'ldi.
Dilyoraga bo'lgan munosabati ham avvalgidek emas. Mahbuba opa ham jim. Uni tushunadi. Ammo qo'lidan hech narsa kelmasdi. Qaysi barmog'ini tishlasa ham og'riydi.

-Jahongir. ..
Kechki payt Aziz kirib keldi..
-Jahongir qani
Mahbuba opa uni oshxonada o'ynatib o'tirgandi.
Dilyora bilan Laylo ovqat bilan ovvora.
-Qara men senga nima olib keldim.
-Voy bo buncha chiroyli bu oyoq kiyimcgalar. O'zi yuraman deb to'palon qilayotgandik..
Dilyora ularni ko'rib kulib qo'ydi
Layloga esa bu umuman yoqmadi.
Shu payt Jahongir dona dona qilib dada deb yubordi.
Buni eshitgan Dilyora qo'lidagi idishni tushirib yuborishiga oz qoldi.
-Ana dada dedi. Jahongirimni tili ham chiqyapti. Xursand bo'lib ketdi Mahbuba opa.
Aziz ham ich ichidan to'lqinlanib ketdi.
Uni qo'liga olib samalyot qilib aylantira boshladi. Dilyora ularga qarab qoldi. Huddi Javohirni ko'rib turgandek. Kulib qo'ydi. Buni esa Laylo butunlay boshqacha tushunib xonasiga kirib ketdi.

Davomi bor...

@Armonimsan_sevgilim