Get Mystery Box with random crypto!

Koʻzingizni million dollarga sotasizmi? Koʻzingizning ne’mat | Armonginam💔❤️‍🩹🥀

Koʻzingizni million dollarga sotasizmi?


Koʻzingizning ne’matligini his qilmoqchimisiz? Unda ikki koʻzingizni yumib oʻn qadam yurib koʻring.

Inson koʻzining vazni 8 gramm. Ammo u bilan eng murakkab fotokamerani ham solishtirib boʻlmaydi. Koʻz 10 million rangni ajrata oladi.

Inson shimoliy qutb mintaqasiga borsa, u yerda qish faslida ob-havo minus 69-70 daraja past boʻladi. Sovuqdan muzlamaslik uchun u ustiga qalin kiyimlar kiyib, boshini ham oʻrab oladi. Oyoqlariga ham qalin etiklar kiyib, qoʻlini qoʻlqop bilan sovuqdan asraydi. Ammo koʻzlarini berkita olmaydi.

Bunday sovuqda koʻzdan chiqadigan suv darhol muzlab, koʻz koʻrmay qolishi kerak edi. Ammo shunday noqulay ob-havoda ham koʻz muzlab qolmaydi. Nega? Chunki, Alloh taolo koʻzning suviga muzlashning oldini oladigan moddani qoʻshib yaratgan.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan:

“Biz unga ikki koʻzni bermadikmi?” (Balad surasi, 8-oyat).

Agar koʻzimizga va undagi a’zolarga nazar solsak, Alloh taolo uni koʻplab qoʻriqchilar bilan jihozlab qoʻyganini koʻramiz. Masalan, kipriklar koʻzga tuproq va shamol kirishidan himoya qilib tursa, qovoqlar inson koʻzlarini tez yumib-ochishi uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, harom narsalar chiqib qolganda, koʻzni darhol yumishda qoʻl keladi.

Koʻzlarimiz bosh suyagimizning koʻz kosasi deb ataladigan joyida, ya’ni ichkariroqda, botiqroq joyda joylashgan. Bu esa tashqaridan boʻladigan turli zarbalar, ta’sirlardan koʻzni himoya himoya qilish uchundir.

Shuningdek, koʻzga biror narsa tushganda, masalan, bakteriya, mikrob, yot jismlar tushganda, Alloh taoloning fazli bilan, koʻz lizosoma deb ataladigan maxsus suyuqlik ishlab chiqaradi. Alloh taoloning izni bilan bu suyuqlik oʻsha yot jismlarni, bakteriya yoki mikrobni parchalab, yoʻq qiladi.

Inson shu kabi koʻz haqida tafakkur qilishi bilan Alloh taoloning san’ati, azamati oldida lol boʻlib, butun tanasi qoʻrquvdan titraydi, iymonining nuri ziyoda boʻlib, Unga koʻproq ibodat qilishga urinadi.

Muhammad Rotib Nabulsiy hafizahullohning maqolasi asosida
@Dilimdagi_sozlarimm