Get Mystery Box with random crypto!

JUMANING SUNNATLARI: Juma uchun gʻusl qilish. Xushboʻy n | Armonginam💔❤️‍🩹🥀

JUMANING SUNNATLARI:

Juma uchun gʻusl qilish.

Xushboʻy narsalar surtish.

Chiroyli kiyimlar kiyish.

Jumaga viqor va sakina bilan erta borish.

Juma kuni badanni tozalab, hayʼatni goʻzal qilish.

Juma kuni Kahf surasini qiroat qilish.

Juma kuni va kechasi duoni koʻp qilish.

Juma kuni va kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga koʻp salavot aytish.

Imom birinchi rakʼatda Fotihadan keyin Jumuʼa surasini va ikkinchi rakʼatda Munofiqun surasini qiroat qilish.

Juma kuni bomdod namozida “Haa miym sajda” va “Hal ataa alalinsani” suralarini qiroat qilish sunnatdir.

Juma namozining farzidan avval va keyin toʻrt rakʼatdan sunnat namozi oʻqish.

Jumada mudragan odam boshqa yerga oʻtib olishi.
@Dilimdagi_sozlarimm