Get Mystery Box with random crypto!

AT | ARABIC

Telegram kanalining logotibi arabictadriys — AT | ARABIC A
Telegram kanalining logotibi arabictadriys — AT | ARABIC
Kanal manzili: @arabictadriys
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.85K
Kanalning ta’rifi

Maqsadimiz:
✔️Arab tiliga doir darslar
✔️Arab tiliga oid foydali kontentlar va materiallar
✔️Ko'proq arabcha kitob o'qish va unga targ'ib qilish
✔️Shaxsiy fikr va tajribalarni bo'lishish
Murojaat uchun: @Mutarjimarabiy
Manba ko'rsatilsin!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-10 09:11:00
@arabictadriys
524 views06:11
Ochish/sharhlash
2023-03-10 05:20:45 Qanday qilib muvaffaqqiyatli tarjima qilish mumkin?

Til o'rganuvchi do'stlarimiz tomonidan beriladigan eng ko'p savollardan bo'lib, arab tilidan o'zbek tiliga yoki o'zbek tilidan arab tiliga tarjima qilishda qiyinchilik sezishayotganini aytishadi.

Matndagi hamma so'zni bilamanu, lekin jumlalarni bir-biriga hamohang ulay olmayabman! Nima qilsam bo'ladi?

Agar arab tilidagi barcha so'zlar tanish bo'lsayu, o'zbek tilida gap holiga keltirishga qiynalayotgan bo'lsangiz ko'proq nahv kitoblarini o'qing. Grammatikangiz ustida ishlang. Nahv mavzularini puxta o'zlashtiring. Mansubotlarning o'zi qancha mavzu bo'lsa, albatta, bularni chuqur o'zlashtirmagan o'rganuvchi tarjimada qiynalishi aniq. Masalan, tamyiiz ism bo'ladigan bo'lsa, hol mushtaqqotlardan yasaladi. Ikkalasi ham nasb. Bu haqida tushuncha bo'lmasa, qaysi biri tamyiz qaysi biri hol ekanligini o'ylab boshingiz qotadi. Bunday misollarni yuzlab keltirish mumkin.

-Kechirasiz, men nahvni suv qilib ichib, non qilib yeganman. Hanuz tarjimada qiynalaman.

-Agar grammatikangiz baquvvat ( boshqa so'z kelmadi) bo'lsa, demak sizda arab tili mutolaasi kamroqdir balkim. Arab tilida kunlik mutolaangiz qancha? Yarim soat? Bir? Ikki? Yoki necha sahifa? 10? 15? 20? 30? Tarjima bu tajriba demakdir. Qancha ko'p o'qiganingiz sari ochilib boradi.

-Ukaxon, men ko'p o'qiyman arab tilida ham. Boshqa yo'li yo'qmi?

-Grammatikangiz puxta, arabiy kitoblarni ko'p o'qiysiz. Balki siz ona tilingizda so'z boyligi yetishmasdan aziyat chekarsiz. Shu sabab, o'zbekcha kitoblar o'qish uchun kunlik mutolaa vazifangiz yoki #mutolaa timengiz bo'lsin. Shayx Olovuddin Mansur hazratlari dinini yetkazuvchi inson o'z tilini yaxshi bilishi kerak ekanligini ta'kidlab, O'tkan kunlar romanini har yili bir marotaba o'qib qo'yishlarini aytgan ekanlar. Kitob o'qishni boshlagach nafaqat tarjima salohiyatingiz balki, fikringizni ifodalash qobilyati ham ravonlashadi. Koni foyda ishanovring.

-Yana nima qilsam bo'ladi?

-Avvalo aytilishi kerak bo'lgan narsa edi. Lekin oxirigacha o'qigan o'qish baxtiga muyassar bo'ldi. Qilishingiz kerak bo'lgan narsa bu duo. Tarjimangiz, so'zlashuvingiz, tilingiz burro bo'lishi uchun Allohga duo qilasiz. Xuddi Muso alayhissalom duo qilganlaridek. Allohga oson. Iltifot aylasa Ul Haq taolo , Bilmasni qiladi bir zumda dono.

Qani endi hamma o'qishga. Ha aytgancha, kanalni arab tiliga oid ilmiy davralarda ulashishni unutmang. Albatta, manbasi bilan .

https://t.me/arabictadriys
589 views02:20
Ochish/sharhlash
2023-03-10 04:43:41 https://t.me/arabictadriys
Arab tiliga doir darslar
Arab tiliga oid foydali kontentlar va materiallar
Ko'proq arabcha kitob o'qish va unga targ'ib qilish
Shaxsiy fikr va tajribalarni bo'lishish
Arab dunyosiga oid ma'lumotlardan bahramand bo'lish
488 views01:43
Ochish/sharhlash
2023-03-09 21:15:40
نوع الدرس: الكتابة
الكتاب: الإنشاءات الست والرسائل
لاختبارات CEFR
@arabictadriys
636 views18:15
Ochish/sharhlash
2023-03-09 21:08:52
نوع الدرس: القراءة
الكتاب: فهم المقروء لفضيلة الدكتور عبيد محمد عبد الحليم
لاختبارات CEFR
@arabictadriys
513 viewsedited  18:08
Ochish/sharhlash
2023-03-08 09:47:36
Laylatul Qadr kechalari va arofa kunlari Makkada bo'lib, Hayit namozini baytullohda  o'qing.

15 -Aprel borish va 1- May qaytish
Samarqand - Abu Dabi - Madina
      Qaytish - Madina - Abu Dabi - Toshkent
16 kun = 2.250

Paket quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Mehmonxonalar
Borish kelish uchun aviya chiptalar
Rasmiy umra vizasi (ravza ruxsati bilan)
2 Mahal issiq taomlar
Tajribali ellik boshi

  Sayohatlar
  Abu Dabi masjidida taroveh
  Abu Dabida iftorlik
  Dubaiga ekskursiya

Murojaat uchun telefon:

900401790
907844492
972046090
583 views06:47
Ochish/sharhlash
2023-03-04 19:32:15 #tavsiya_qilaman

Endi At Tanal Al Arabi imtihonlarini Oriental universiteti (Al-Bukhari university)da ham topshirish mumkin boʻlibdi.

Universitet At Tanal shirkati bilan kelishuvga erishgan va oʻz oʻquv binosida (Chuqursoydagi filiali) zarur sharoitlarni yaratibdi.

Ochiq telegram guruhiga oʻtish uchun quyidagi havolani bosing:
https://t.me/+2ATmrgJ4ESQxMTNi

Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan
234 views16:32
Ochish/sharhlash
2023-03-01 20:38:30
E'lon.
Arab tili o'rganmoqchi bo'lganlar uchun Bayna Yadayk 1-kitobining 2-qismidan darsimizni boshladik.
Darslar haftasiga 3 marta 1 oyda 12ta dars.
(Dars davomida bayna yadayk+Takallum+Manhajul Alamiyya silsila kitoblari o'qitiladi)
Dars davomida kichik nahu qoidalari tushuntirib ketiladi
            Dush-chor-Juma
          15.30dan 17.30 gacha

Anketa to'ldiring lichkaga :
1-arab tilidan nimalarni o'qigansiz?
2-ism sharifingiz (tug'ilgan sana,qayerdansiz)
3-hozirda qayerda o'qisiz yoki ishlisiz?
4- Telefon raqamingiz

# 8600020316233878
Oylik to'lov 250.000 so'm


Ustoz: Abdurahmon Maqsudov:@Abdurrohman2503

Murojat uchun ustoz: Asroriddin Djalilov. @Asroriddinuz2021

Dars: " Zoom platformasi yoki telegram" chat orqali  ONLINE olib boriladi

https://t.me/ibtido_guruhi
240 views17:38
Ochish/sharhlash
2023-03-01 08:01:18 Bilag’on Bolajon (4-5-6-7 yosh) guruhiga arab tili o’qituvchisi kerak

Maktab: “GRAND TA’LIM”(Yangi Asr universiteti qoshidagi xususiy maktab)
Manzil: Shayxontohur tumani, Huvaydo mahallasi
Mo’ljal: Abu-Dhabi turar joy majmuasi, Hasan Doktor klinikasi oldida
Talab: Arab tili bo’yicha boshlang’ich bilimga ega bo’lishi, kichik yoshdagi bolalar bilan ishlay olish qobiliyatiga ega bo’lishi, har xil didaktik o’yinlar bilan dars o’tishi kerak (sertifikat shart emas)
Maosh: Dars soati va bola soniga qarab rahbariyat bilan kelishilinadi. (Nonushta va tushlik maktab hisobidan)
Soat: 8:30 dan 12:55 gacha haftada 3 marta

Murojaat uchun:
@GrandMaktabAdmin
+998 99 905 29 92
477 views05:01
Ochish/sharhlash
2023-02-27 11:11:17
@arabictadriys
406 views08:11
Ochish/sharhlash