Get Mystery Box with random crypto!

Qaysi kitob? Ayni paytdagi dolzarb savollardan biri. Arab til | AT | ARABIC

Qaysi kitob?
Ayni paytdagi dolzarb savollardan biri. Arab tilini o'rgatishda qaysi kitob eng yaxshisi? Takallummi yoki Bayna yadayk? Miftahmi yoki Manhaj? Komilmi yoki Lisan? va hokazo. Agar bizga o'xshagan xodimingizdan qandaydir tavsiya yoki maslahat so'rab qolinsa, savolni biroz o'zgartirgan bo'lardim. Qaysi kitob yaxshi emas, balki qaysi kitobdan boshlagan yaxshi? Arab bo'lmaganlarga til o'rgatishga mo'ljallangan kitoblarning soni barmoq bilan sanarli bir vaqtda shuni ham ajratib o'qish... Albatta, siz eng a'losiga loyiqsiz. Lekin, yuqoridagi barcha kitoblarning o'ziga xos xususiyati mavjud. Qaysi biridur lug'atga va qaysi biridur tinglab tushunishga. Tilni puxta o'zlashtirmoqchi bo'lsangiz barchasini o'qing. Ha, hamma hammasini.

- Odatda cefr imtihonlariga tayyorlanishda qisqa muddatda natijaga erishtiruvchi qaysi kitoblar ma'qul?

- Azizim! Qisqa muddatda erishib nima qilasiz? Besh minut erta, besh minut kech yetib boramizda manzilga. Agar holat magistraturaga topshirish yoki favqulodda holat uchun bo'lsa masala boshqa. Lekin, hammasini foydali deb biling. Grammatikadan Abdujabborov, Ne'matulloh Ibrohimov, Mirqobil Hasanov barchasi foydali. Ayrim tanishlarimizning u kitob bundoq ekan, bunisi bundoq ekan degan gaplarini eshitib qolamiz. Ha, ehtimol shundaydir ham. Olamdagi bitta kitobdan boshqa mukammal yozilgan kitob bormi o'zi? Xatolariga, sizga yoqmagan jihatlariga ko'z yumingda o'qishni boshlang. Izohlarda o'qish, yozish, gapirish va tinglab tushunishingizga foyda bergan kitoblarni yozib qoldiring. Qolganlarga qo'shimcha o'qishga manba bo'ladi.

- Meni vaqtim bularni o'qishga vipmi?

Degan savol ko'ngildan o'tayotgan bo'lsa, facebook, instagram, telegram va boshqa gram gram balogramlardan vaqtni kitob o'qishga yo'naltirish mumkin. Albatta, mashqlarini ham bajarish darkor. Chunki, kitob muallifi ichidagi mashqlarini bekorga tuzib chiqmagan. O'sha gap. Koni foyda. Bilgan kitoblaringizni izohlarda kutamiz.

https://t.me/arabictadriys