Get Mystery Box with random crypto!

🇺🇿AQShDA TA'LIM🇺🇲 | Dunyo boʻylab GRANTLAR

Telegram kanalining logotibi aqshda_talim — 🇺🇿AQShDA TA'LIM🇺🇲 | Dunyo boʻylab GRANTLAR A
Telegram kanalining logotibi aqshda_talim — 🇺🇿AQShDA TA'LIM🇺🇲 | Dunyo boʻylab GRANTLAR
Kanal manzili: @aqshda_talim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.02K
Kanalning ta’rifi

🌎Barchasi chet elda o'qish haqida .
Listen Qur'an: @Quran_and_Jannah
Consulting Xizmati: @Usconsulting23

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 43

2022-09-07 15:26:10
Amerikada taʼlim olishni xohlaysizmi???

Unda bu kanal siz uchun. AQSh ning top universitetlaridan tortib 100% grant beradigan kollejlari gacha batafsil ma'lumot olasiz.

Kanalda:
SAT
IELTS
GPA
Recommendation letter
Motivation letter
haqida batafsil ma'lumot oling.

0 dan Universitet gacha boʻlgan yoʻlni birga bosib oʻtamiz va orzuyimizdagi Oliygoh talabasi aylanamiz.

Kanalimiz: https://t.me/roadtousa1
2.5K views12:26
Ochish/sharhlash
2022-09-06 17:10:52 UK USA

Hujjat topshirish jarayoni ( US)

1. Amerikada har bir oliygoh uchun alohida personal statement yozasiz. Motivatsion insho ham alohida yozilishi kerak (agar siz Common Application orqali hujjat topshirsangiz).

2. Istalgan Amerika oliygohiga Common App yoki universitetga direct application orqali cheksiz miqdorda (universitetlar soni nazarda tutildi; har bir universitetga bir necha marta ariza berish emas) ariza topshirish mumkin. US dagi oliy ta'lim sizga cheksiz tanlovlarni taklif etadi.

3. Xalqaro talabalar uchun qiymatli grant dasturlarini taqdim etadi. Moliyaviy tomondan yuqori darajada qo'llab quvvatlaydi.

4. Ta'lim badali juda qimmat. Lekin Campusdan chiqmasdan turib, ishlab pul topishingiz mumkin. Masalan, Berea College da haftada bir necha kun ishlab oyiga $800 va undan yuqori maosh olasiz (agar olishsa).

5. Eng xavfli hududlar ham Amerikada joylashgan.

6. Bakalavrni 4 yil (3.5 yilda ham bitirsa bo'ladi); magistrni 2 yil; phd 5-7 yilda tamomlasa bo'ladi. Kreditlarni tezroq tugatsangiz, ertaroq natija bo'ladi.

Hujjat topshirish jarayoni ( UK)

1. UCAS orqali 1 yilda faqatgina 5 ta universitetga ariza topshirish mumkin. 5 ta tanlov uchun bitta insho va personal statement yetadi. Direct Application orqali istalgan oliygohga UCAS siz ariza bera olasiz (cheksiz miqdorda).

2. Grantlar miqdori juda kam. Chunki kontrakt miqdori arzonroq. Asosan, magistr va phd bosqichi uchun full scholarshiplar taqdim etadi.

3. Viza olish u qadar muammoli emas.

4. Musulmon talabalar Britaniyada juda ko'p. Talabalar uchun eng xavfsiz shaharlar ham Buyuk Britaniyada joylashgan. Masalan, Edinburg shahri.

5. Qimmat shaharlar bor - London, masalan. Ish topishda muammolar bo'lishi mumkin ba'zida.

6. Ikki yil o'qib, bakalavr diplomini olishingiz mumkin (masalan, Buckingham university). Odatda bakalavr bosqichi 3-4 yil bo'ladi UK da. Magistr 1 yil odatda. Phd esa 3-4 yilda tamomlanadi.

O'tkirbek Sobirov

@AQSHDA_TALIM ← Biz bilan AQSHDA TALIM orzuyingizni amalga oshiring
2.4K views14:10
Ochish/sharhlash
2022-09-06 15:59:01
Ingliz tili darajangizni sinab ko'ring
Bu tez, bepul onlayn test. Har bir test oxirida sizning darajangiz CEFR darajasida (A2 dan C2 gacha) baholanadi. Har bir savolga javob bering.

Ko'p variantli 60 ta savol mavjud.
Vaqt chegarasi yo'q.
Javoblarni va ingliz tilini bilish darajangizni ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Bu yerga bosing:
@EnglishPracticeBot
2.8K views12:59
Ochish/sharhlash
2022-09-04 16:30:32 Work & travel ( J1 ) visa qanday olish mumkin? ( 2-qism)

Jarayonni nimadan boshlash kerak

1. Talablarga mos kelishni tekshirish. Afsuski, O'zbekistondagi juda ko'plab universitetlar "Work & travel" dasturida qatnasha olmaydi. Asosan xalqaro universitetlar talabalarigina ushbu dasturda ishtirok etishadi.
2. Yaxshi tashkilot bilan ish boshlash. Ushbu dastur juda ko'plab hujjatlarni talab qiladi va ushbu yo'lda sizga ishonchli bir tashkilot kerak. Shaxsan o'zim tanigan va ishongan tashkilotlarim : Target Consulting, Intrax, Global Friends. Bu degani qolganlar sohta ("loxatron") degani emas ^_^
3. Mablag' va hujjatlarni tayorlash. "Work & travel" dasturi sizga ishlayotgan tashkilotingizga qarab o'rtacha $1600 - $3200 gacha tushadi (bu firma xizmati va hujjatlar uchun). Bilet esa $600 - $1100 atrofida turadi. Ko'rib turganingizdek, yaxshigina "soqqa" ketadi :) Harajatlarni tayorlab bo'lgandan keyin, universitetdan kerakli hujjatlarni : o'qiyotganlik haqida hujjat, baholar va hokazo
4. Visaga topshirish. Barcha narsani tayorlab bo'lgandan so'ng, visa uchun topshiring va viza jarayoniga tayorlanishni boshlang. Iloji boricha ko'proq suhbatlar uyushtiring (elchixonada berilishi mumkin bo'lgan barcha savollarga to'liq tayorlaning). Ushbu vizani olgan yoki olomagan inson borki, ularni toping va ular bilan bog'laning, ularning visa olish yoki rad olish sababini o'rganib chiqing. Ish beruvchingiz, maqsadingiz, universitetingiz, dasturdan so'ng rejalaringiz haqida aniq va qat'iy fikrga ega bo'ling, ikkilanmang

Quyida J1 visada asosiy so'raladigan savollar bilan tanishamiz

1. Qaysi universitetda va qaysi sohada o'qishingiz?
2. Nima uchun ushbu dasturda va aynan AQSH dagi "Work & travel" dasturida qatnashmoqchiligingiz?
3. AQSH da qaysi sohada va qayerda ishlamoqchiligingiz?
4. Dasturdan so'ng nima qilmoqchiligingiz va umumiy kelajak uchun rejalaringiz?
5. AQSH da ishlash mobaynida huquqlaringiz va majburiyatlaringiz?

Hurmatli do'stlar, shaxsiy tajribamdan kelib chiqadigan bo'lsam ushbu viza olish jarayoni ancha sodda va shaxsan o'zim bilan suhbatga tayorlangan 2 ta do'stim 28-may kuni New Yorkga uchib kelishyabdi. Ushbu postni juda uzoq izlanishlar, suhbatlar va shaxsiy tajribadan so'ng yozdim

Hohlardimki, bu postni manfaatli deb topdingiz. Eng oxirgi va eng muhim maslahatim: "Sababini qiling va Allohga tavakkal qiling! Hech bir soniyada natija haqida o'ylanmang, zero, barchasi yaxshi bo'ladi yoki yaxshilikka bo'ladi! Boshqalarga ham yetib borishi uchun & & postni ulashishni unutmang ^_^

mrAmericano

@AQSHDA_TALIM ← Biz bilan AQSHDA TALIM orzuyingizni amalga oshiring
2.4K views13:30
Ochish/sharhlash
2022-09-04 15:59:02
"Listening va speaking " oshirish uchun kanal

English movie with Subtitle

English cartoon with Subtitle

Kim ham ingliz tilini Kino va mulfilm orqali o'rgangisi kelmaydi deysiz
Ayniqsa U MARVEL tomonidan bo'lsa
2.5K views12:59
Ochish/sharhlash
2022-09-03 16:30:58 Student viza qanday olsa bo'ladi? (part II )

3. Universitet granti uchun topshiring. Ba'zi universitetlar sizni avtomatik ravishda grant uchun hisobga olishadi ammo ba'zilar sizdan qo'shimcha insho va hujjatlar talab qilinadi. Grant yutishda eng kerakli jihatlardan bu: motivatsion insho, test baholari, qo'shimcha yutuqlar ( har xil konferensiyalar, clublar, faxriy yorliq va sertifikatlar) va sohangizga oid portfolio yoki boshqa yutuqlar. Shuni unutmangki birgina grantga minglab o'quvchilar topshiradi va siz ulardan ajralib turishingiz uchun yuqoridagi narsalarni iloji boricha mustahkam qiling!

4. Vizaga topshiring. Universitet sizga "admission letter" ya'ni qabul qilinganlik hatini olgandan so'ng, universitet so'ragan barcha hujjatlarni iloji boricha vaqtida topshiring. Agar siz bir necha universitetga kirsangiz, ehtiyotkorlik bilan universitet tanlang. Universitet joylashgan shaharga yoki chiroyiga uchmang! Sizga eng katta grant berganini, eng reytingi balandini, o'zingizni sohangizda eng ilg'orini tanlang. AQSH ga kelgandan so'ng hohlagan joyingizga keyinchalik borib kelaverasiz. Universitetga barcha hujjatlarni topshirgandan so'ng, universitet sizga I-20 formasini beradi va siz shu orqali elchihonaga kirishingiz mumkin bo'ladi. Shuni yodda tutingki, siz hohlagan kuningizni ertasiga elchihonadan joy ola olmaysiz, siz elchihonadan joy so'raganingizda o'rtacha 1-1.5 oy orasida sizga joy berishadi. Visadan joy olgandan keyin, tushishi mumkin bo'lgan savollarga tayorlaning va ustozlar, do'stlar bilan intervyular o'tkizing. @f1interviewreviews ushbu kanalda visa olgan o'quvchilar o'z tajribalarini bo'lishadilar, shaxsan o'zimga juda katta foydasi tekkan

5. AQSH ga sayohatni rejalashtiring. Tasavvur qilaylik, Alloh nasib qilib sizga visa chiqdi. Endi buyog'iga AQSH ga kelishning harakatini qiling. Biletni oling va universitingiz bilan bog'lanib kerakli documentlarni o'zingiz bilan olishni unutmang. Maktab attestati, tug'ilganlik haqida guvohnoma, vaksinatsiya tarihi kabi hujjatlar kerak bo'lib qolishi mumkin. Kelganingiz zahotiyoq, universitetga borib darslarga registratsiya qiling, kontrakt to'lovlarini kelishib oling va hokazo.

Shuni takidlab o'tishim kerakki, hozirgi kunda visa olish anchagina yengil jarayon. O'zimni juda ko'plab tanishlarim va do'stlarim visa olishdi. Hattoki, ertaga bittasini kutib ham olaman New Yorkda. Siz ham harakat qiling va bu yo'lda beminnat yordam berishdan faqat mamnunman! Ushbu post manfaatli bo'ldi degan umiddaman. Yoqqan bo'lsa sizdan bitta va o'rgilib ketsin.

mrAmericano

@AQSHDA_TALIM ← Biz bilan AQSHDA TALIM orzuyingizni amalga oshiring
1.0K views13:30
Ochish/sharhlash
2022-09-03 16:00:21
Online Speaking Course

With new methods and experienced teachers!

The course will provide:

- Top-notch methods to improve Speaking.
- 100% Training with experienced teachers.
- 4 Lessons a week + Weekly Speaking Mock
- InshaAllah Amazing results:)

Note: This Online Speaking course is for both teachers and students who want to improve their Speaking skills.

Duration: 2 months

How to join?

Admin: @IELTS_COM_ADMIN
Number:
+998913490911

Channel: @IELTS_COMMUNITY_UZ
1.4K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-09-02 16:29:01 Rivojlanayotgan mamlakatlardagi talabalar uchun Finlyandiyada eng yaxshi tibbiyot stipendiyalari Rivojlanayotgan mamlakatlardagi talabalar uchun Germaniyada 10 Best Medical Scholarships Rivojlanayotgan mamlakatlardagi talabalar uchun Xitoyda 10 tibbiyot…
3.6K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-09-01 17:13:37 Speaking Band 8+ sample answers (part2) list: 1. Describe a family member you would like to work with 2. Describe a thing that surprised you 3. Describe an interesting neighbor 4. Describe something you do to save time 5. Describe a positive change in your…
1.3K views14:13
Ochish/sharhlash
2022-09-01 15:59:02 Speaking Band 8+ sample answers (part2) list:

1. Describe a family member you would like to work with
2. Describe a thing that surprised you
3. Describe an interesting neighbor
4. Describe something you do to save time
5. Describe a positive change in your life
6. Describe an activity you do keep yourself healthy
7. Describe advice you got about your work
8. Describe a person you enjoyed talking with
9. Describe a time when you were stuck in a traffic jam

IELTS WITH KHANOV
1.8K views12:59
Ochish/sharhlash