Get Mystery Box with random crypto!

🇺🇿AQShDA TA'LIM🇺🇲 | Dunyo boʻylab GRANTLAR

Telegram kanalining logotibi aqshda_talim — 🇺🇿AQShDA TA'LIM🇺🇲 | Dunyo boʻylab GRANTLAR A
Telegram kanalining logotibi aqshda_talim — 🇺🇿AQShDA TA'LIM🇺🇲 | Dunyo boʻylab GRANTLAR
Kanal manzili: @aqshda_talim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.02K
Kanalning ta’rifi

🌎Barchasi chet elda o'qish haqida .
Listen Qur'an: @Quran_and_Jannah
Consulting Xizmati: @Usconsulting23

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 38

2022-10-07 16:29:02 AQShda o’qish uchun beriladigan viza turlari va ularni qo'lga kiritish uchun nima qilish kerak?

AQShda o’qish uchun beriladigan viza turlari va ularni qo'lga kiritish uchun nima qilish kerak?

Talabalarga beriladigan uch xil viza turi mavjud: F, M va J.

F-1 vizasi AQShda ingliz tili kurslarida yoki kollej va universitetlarda o’qishni istovchi xorijliklarga beriladi. Bu viza sohiblari o’qishlari davomida haftasiga 20 soatgacha ishlashlari ham mumkin. F-1 vizasi bilan o’quvchi talaba o’ziga qaram bo’lgan oila a’zolarini AQShga olib kelmoqchi bo’lsa, uning oila a’zolariga F-2 vizasi beriladi. F-2 vizasidagi odam AQShda ishlashi va o’qishi mumkin emas. Agar F-2 sohibi maktabga qatnashi lozim bo’lgan yosh bola bo’lsa, bunday holatda unga o’qish uchun ruxsat beriladi.

M-1 vizasi akademik bo’lmagan, ishga va malaka oshirishga oid kurslarga keluvchi xorijliklarga beriladi. Bunday viza ko’pi bilan bir yilgacha beriladi va uning sohiblari bu muddat davomida AQShda ishlashlari mumkin emas. M-1 vizasini AQShda turib F-1 vizasiga amashtirib ham bo’lmaydi. M-1 vizasi sohiblarining qaram bo’lgan oila a’zolariga M-2 vizasi beriladi. Shu viza turiga aloqador M-3 vizasi ham mavjud bo’lib, bu viza AQShga har kuni o’z davlatlaridan qatnab o’quvchi Meksika va Kanada fuqarolariga beriladi.

J-1 vizasi ta’lim almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi xorijlik fuqarolarga beriladi. Bunday dasturda ishtirok etuvchi talabalar, odatda, o’qish bitgandan so’ng 30 kun ichida vatanlariga qaytishlari va AQShga yana qaytib kela olishlari uchun o’z mamalakatlarida kamida ikki yil yashashlari lozim. AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Fulbright” kabi dasturlar ishtirokchilari shunday viza olishadi. Ushbu viza egalarining AQShga keluvchi oila a’zolariga J-2 vizasi beriladi. J-2 vizasi egalari AQShda viza muddati tugaguncha ishlashlari mumkin.

Viza olish uchun nima qilish kerak?

Talaba vizasini olish uchun AQShning O’zbekistondagi elchixonasida shaxsiy suhbatdan o’tish kerak. Buning uchun, avvalo, uchrashuv kunini va soatini belgilash lozim. Buni elchixona sayti orqali amalga oshirishingiz mumkin. Barcha viza turlari uchun DS-160 formasini to’ldirish talab etiladi.

Topshirish talab etiladigan hujjatlar orasida eng muhimi bu I-20 va DS-2019 formalaridir. I-20 formasi F-1, M-1, F-2 va M-2 vizalari bilan o’qishga bormoqchi bo’lganlarga AQShdagi o’qish joylari tomonidan beriladi. DS-2019 formasi esa almashinuv dasturi ishtirokchilari bo’lgan J-1 vizasi talabgorlariga homiy tashkilot yoki dasturlar tomonidan beriladi.

Odatda I-20 formasi o’quv puli to’la yoki qisman to’langan hollarda yoki o’quv pulini borgandan so’ng to’lay olishini isbotlagan talabalarga beriladi. Shuning uchun ham, Amerikada o’qish va yashash uchun yetarli mablag’ning borligiga isbot hisoblanuvchi bank guvohnomasini olib kelish majburiy emas, tavsiya qilinadigan hujjatlar qatorida ko’rsatilgan. Lekin suhbatga kiruvchilarga o’qish va yashash uchun yetarli mablag’lari borligini isbotlovchi bank qog’ozlarini, albatta, o’zlari bilan olib kirishlarini tavsiya qilaman. Vizani qo’lga kiritishda bu juda muhim. Bunday mablag’ o’z hisob raqamingizdan yoki biror odam yoki tashkilot sizga homiylik qilmoqchi bo’lsa, shu homiy nomidan ko’rsatilishi mumkin. I-20 hujjatini qo’lga kiritishda ham AQShdagi o’quv dargohiga ana shunday moliyaviy hujjatlarni taqdim etish lozim bo’ladi. Lekin bu hujjatlarning mavjudligi viza olishingizga kafolat bo'la olmaydi.

@AQSHDA_TALIM ← Biz bilan AQSHDA TALIM orzuyingizni amalga oshiring
1.1K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-10-07 15:59:02
Sizda IELTS yoki TOPIK sertifikat bormi - ENG ZOR TANLOV SIZDA!

Bakalavr
va Magistratura dasturi uchun barcha universitetlarda BAHORGI 2023 qabuli OCHILDI, eng muhimi firma to'lovi natijadan keyin to'lanadi!

Vodiy Education Korea universitetlarining rasmiy hamkori
100% gacha chegirmalar
KDB bankshot va ota ona yillik daromad talab etilmaydigan universitetlar
Joylar soni cheklangan

Ijtimoiy tarmoqlarimizga a`zo bo`ling va natijalarimizni ko`ring!

Xizmatlarimiz qonuniy va ikki tomonlama yuridik shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Murojaat uchun:

+998937057879 | yozish
Instagram
939 views12:59
Ochish/sharhlash
2022-10-06 16:30:29 Jon Nesh tahsil olgan universitet (AQSh)

Professor Jon Nesh ushbu universitetda o‘qigan.

1746-yili asos solingan Prinston universiteti AQShdagi to‘rtinchi qadimiy oliygoh hisoblanadi. Bu yerda Nobel mukofotining 30 nafardan ortiq laureatlari tahsil olgan bo‘lib, ularning orasida mashhur iqtisodchi va professor Jon Nesh ham bor («Tafakkur o‘yinlari» badiiy filmi bosh qahramoni, rolni Rassell Krou ijro etgan). «Tayms» nashrining talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida Prinston 7-o‘rinda bormoqda. Oliy o‘quv yurtida jami 36 ta bo‘lim mavjud.

Hujjat topshirish

Universitetga ikki xil usulda hujjat topshirish mumkin. Birinchisi, faqat bir oliygohga kirish harakatida yurganlar uchun bo‘lib, dedlayn 1-noyabrgacha, lekin universitet qarori dekabr o‘rtalarida e’lon qilinadi. Ikkinchisi, bir necha OO‘Yulariga hujjat topshirishni istaganlar uchun dedlayn 1-yanvargacha, ammo rektorat qarori 31-martgacha ma’lum etiladi.

Prinston universitetiga kiruvchi abituriyentlar kerakli anketa ma’lumotlarini to‘ldiradilar. Xorijliklar esa qo‘shimcha ravishda xalqaro so‘rovnomani ham to‘ldirishlari lozim bo‘ladi. Shuningdek, oxirgi yarim yillik baholari aks etgan maktab attestati, ikki xil fan o‘qituvchisidan tavsifnoma va SAT (Scholastic Aptitude Test) yoki ACT (American College Testing) imtihonlari natijalarini taqdim qilishlari talab etiladi. Ona tili ingliz tili bo‘lmagan va ingliz tili maktablariga bormagan xorijlik abituriyentlar esa TOEFL natijalarini ko‘rsatishlari joiz.

Ta’lim uchun to‘lov va stipendiya

2016-2017-yilda o‘qish uchun o‘rtacha 63420 AQSh dollari (bir yilga), shundan kurs uchun to‘lov 45150, yashash uchun esa 8285 dollar mablag‘ belgilangan.

Universitetda talabalar uchun stipendiya ham ajratilgan, faqat buni belgilaydigan maxsus dastur bor. Financial Aid Programme dasturiga fuqaroligidan qat’i nazar, barcha talabalar kirishi mumkin, lekin ushbu dastur ularning iqtisodiy muhtojligini inobatga oladi. Prinston universiteti rasmiy saytida maxsus kalkulyator xizmati mavjud bo‘lib, u orqali dasturda qatnashish imkoniyatini tekshirib ko‘rish mumkin.

O‘qish muddati 4 yil.

Kampus (talabalar shaharchasi)

Qadim tarixga ega universitetlar qatori Prinstonda ham kampus faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda oliygoh shaharchasi hududida o‘quv binolaridan tashqari, kutubxona, muzey, cherkov, xiyobon, bir nechta teatr, kinoteatr, restoran, kafe va barlar mavjud. Talabalar Prinston kolleji deya nomlanadigan umumiy yotoqxonalarda yashaydilar.

DO'STLARINGIZGA HAM ULASHING

@AQSHDA_TALIM
1.6K views13:30
Ochish/sharhlash
2022-10-06 15:59:02
Diqqat!
7-Oktyabr soat 20:00 da
shaxsan MrNiner tomonidan Masterclass boʻladi...

Mavzu: IELTS Listening for band 9.0

Shaxsan MrNiner(IELTS: 8.0, Multilevel: C1 Listening:9.0) bu darsni oʻtib beradi

Dars IELTS with MrNiner kanalida bugun 20:00da Telegramda video chat va maxsus link orqali boʻlib o'tadi.

Kanal aʼzolari Masterclass'ga mutlaqo Bepul qatnashadi bu imkoniyat sizda ham bor

Hoziroq...
So'rov yuboring: https://t.me/+3u1tz9BF__o4YjY6

Kanal linki: https://t.me/+3u1tz9BF__o4YjY6
2.0K views12:59
Ochish/sharhlash
2022-10-05 17:40:07
Asosiy: ( #repost)

Top50 Universitetlar roʻyxati. (Eng soʻnggi rasmiy maʼlumot).


Amerika universitetlariga xujjat topshirish. ( Common app platformasida)

Top10 Meditsina sohasidagi eng yaxshi universitetlar( meditsina sohasida uqimoqchi bolganlar uchun)

t.me/AQSHDA_TALIM
1.7K views14:40
Ochish/sharhlash
2022-10-05 15:59:01
IELTS DARSLARI JAMLANGAN BOT
2.2K views12:59
Ochish/sharhlash
2022-10-04 17:31:26
Amerika universitetlari va ta'lim olish haqida

@AQSHDA_TALIM ← Biz bilan AQSHDA TALIM orzuyingizni amalga oshiring
2.6K views14:31
Ochish/sharhlash
2022-10-04 17:31:00 The list of colleges and universities in the USA that offer big merit scholarships.

PS: Some links might not work, so encourage you to check the website of university or college you are interested in
2.6K views14:31
Ochish/sharhlash
2022-10-04 15:59:01
- Naushnikda eshitish uchun sokin musiqalar ...

- Tavsiya Qilaman, Kirib ko'ring
864 views12:59
Ochish/sharhlash
2022-10-02 17:02:01 Germaniyadagi Oʻqish tekin boʻlgan Top universitetlar

Ruprecht-Karls-Universität Heidelberg (Heidelberg University)
Humboldt University of Berlin
Freie Universität Berlin (Free University of Berlin)
Georg-August-Universität Göttingen (University of Göttingen)
University of Hamburg
University of Stuttgart
Technische Universität München
Kit, Karlsruher Institut Für Technologie
RWTH Aachen University
Technische Universität Berlin (TU Berlin)
Eberhard Karls Universität Tübingen
Albert-Ludwigs-Universitaet Freiburg
Albert-Ludwigs-Universitaet Freiburg
The University of Bremen
Hasso-Plattner-Inst. Potsdam
ULM University
Passau University
TU Kaiserslautern
TU CLAUSTHAL
TU BRAUNSCHWEIG
BTU COTTBUS – SENFFENBERG
MAGDEBURG UNIVERSITY
Technische Universität Dresden
Goethe University Frankfurt
Westfälische Wilhelms-Universität Münster
University of Cologne

DO'STLARINGIZGA HAM ULASHING

➫ @AQSHDA_TALIM
2.4K views14:02
Ochish/sharhlash