Get Mystery Box with random crypto!

Aqlli ikkichi

Telegram kanalining logotibi aqlli_ikkichi — Aqlli ikkichi A
Telegram kanalining logotibi aqlli_ikkichi — Aqlli ikkichi
Kanal manzili: @aqlli_ikkichi
Toifalar: Marketing , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.58K
Kanalning ta’rifi

Muallif: Ravshan Turgunov
Biznes qilyapman. Xulosalarim va xatolarim sizga pul va vaqt tejab beradi.
Muhim gaplar uchun - @tuurgunov

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-20 20:58:29 Neyron aloqalarni kuchaytiring

Miya yangi narsalarni qilishni yaxshi ko‘rmaydi, u yangilikni xavfli deb o‘ylaydi.

Yangi faoliyat oddiydan miyada shakllangan neyron aloqalar soni kamligida farq qiladi, yangi aloqalarni ishlab chiqazish uchun - ko‘proq praktika qilish kerak.

Buni ishlashi oddiy, yillar davomida kitob o‘qib kelgan odam uyqusi kelmasdan bir necha soat davomida kitob o‘qa oladi, chunki neyron aloqalar unda shakllanib bo‘lgan, miya qiynalmaydi.

Yangi narsa boshlayotgan bo‘lsangiz, u boshida qiyin bo‘lishini esdan chiqazmang, lekin bu vaqtinchalik, amaliyot bilan neyron aloqalar ishlab chiqariladi va miya yangilikka moslashadi.

Xulosa: qiynalayotgan bo‘lsangiz - miya ishlayapti, o’syapsiz.

@aqlli_ikkichi
2.9K views17:58
Ochish/sharhlash
2022-05-18 16:45:01 Agar ertalab ishga kelib qaysidir ishchingizni kayfiyatini hali buzmagan bo‘lsangiz - siz yomon menejersiz.
(c) Den Kennedi

Qanchali aynan shu gap rostligini bilmadimku, lekin maʼnosi rost: hamma xodimlaringiz sizni yaxshi ko‘rishi shart emas.

Rahbar bilan xodimni qadriyatlari va qiziqishlari har xil. Xodim kamroq ish qilib ko‘proq pul olgisi keladi, rahbar xodimni kamroq pulga ko‘proq ishlatgisi keladi.

Rahbarda kamroq pul berish niyati bo‘lmasa ham, kamida xodimdan katta masʼuliyatlini kutadi. Agar xodim ishiga masʼuliyatsizlik bilan qarasa - rahbar jarima soladi, chunki berayotgan oylikka u ideal ish kutadi.

Xodimlar rahbar hech narsa qilmaydi va uni o‘rnida ular bo‘lganda, ish yaxshiroq yurar edi deb o‘ylashadi. O‘quv markazlardan oddiy misol, baʼzi ingliz tili ustozlar rahbarni ahmoq deb o‘ylashadi va o‘zligisi o‘quv markaz ochishadi.

Lekin bu o‘quv markazlar odatda yaxshi yurmaydi, chunki o‘quv markazni menejer-tadbirkor yurita oladi, ingliz tilini yaxshiroq biladigan ustoz emas.

Rahbar bo‘lsangiz, hammaga yoqishga harakat qilmang, hamma sizni yoqtirsa - siz yomon rahbarsiz va xodimlarni ishini nazorat qilib to‘g‘rilamaysiz.

@aqlli_ikkichi
2.6K views13:45
Ochish/sharhlash
2022-05-16 17:17:42
Imloviy xato qilganimda meni to‘g‘rilamoqchi bo‘lgan obunachilar
2.2K views14:17
Ochish/sharhlash
2022-05-15 22:05:11
Team Building

Bugun jamoa aʼzolari bilan tog‘ga bordik, yangi o‘rgangan narsalarim:

- Asosiy jamoa aʼzolar Team building‘larni kam qoldirishadi.

- Jamoamiz raqobatga berilgan, kichkina prizlik o‘yinlarni ham jiddiy o‘ynashadi va yutishga harakat qilishadi, azart.

- Telefonni kam ishlatishni boshladim va deyarli rasmga olmayapman (balkim bu yaxshi emas), galereyada faqat bitta video bugundan bor, u bilan bo‘lishyapman.

- Varrakni yasash oson emas ekan, uni iplari bir biriga proporsional bo‘lmasa, konstruksiya kalla qo‘yadi. Dumini varrakni tagidagi ikkita burchagidan o‘rtaga bo‘ylamasa ham uchmas ekan.

- Balig‘lik shashlik zo‘r bo‘lar ekan.

@aqlli_ikkichi
2.0K views19:05
Ochish/sharhlash
2022-05-14 10:37:02 Birinchi qadamni maksimal darajada osonlashtiring

Ishni qilishni o‘rniga ish qancha vaqt olishini o‘ylasangiz, miyangiz qiyin va uzoq ishni chizishni boshlaydi.

Ishdan qo‘rqib biz uni uzoqroq muddatga surishga harakat qilamiz va shu yerda prokrastinatsiya boshlanadi.

Katta ishni kichkina ishlarga maydalash bu boradi samarali yechim. Diplom ishini qilish kerak emas, uni faqat boshlab qo‘yish kerak, tugatilmagan ishlarni miya yomon ko‘radi.

Bugun faqat uning sarlavhasini yozing, ertaga rejasini, unday keyin kirish qismini. Birinchi qadam maksimal oson bo‘lsin, kerak bo‘lsa 1 daqiqa vaqt faqat olsin.

"Kapalak effekti" tufayli bugungi kichkina harakat ertaga katta natijaga olib kelishi mumkin.

@aqlli_ikkichi
2.4K views07:37
Ochish/sharhlash
2022-05-10 22:04:49 Oson kontent odamlarga yoqadi

YouTubeʼda olimlarni debatlarini ko‘rishni yaxshi ko‘raman, lekin bu videolarni ostida odatda 30-40 ming ko‘rishlar turadi, kliplar esa milliardlargacha ko‘rishlar yig‘adi.

Oddiy misol, 2 daqiqada yozgan kichkina postim soatlab o‘tirib va maʼlumot qidirib yozgan hamma postlarimdan ko‘proq likeʼlar yig‘di.

Bu borada manda siz uchun ikkita xabar bor, yaxshi va yomon. 

Yomoni - odamlar qiyin narsalarni yaxshi ko‘rishmaydi, chunki ularni tushunish uchun miyani ko‘proq ishlatish kerak.

Yaxshisi - odamlar qiyin narsalarni yaxshi ko‘rishmaydi va siz buni bilasiz. 

Marketing va menejmentda sizni ko‘proq odam tushunishi xohlasangiz - oson bo’ling.

@aqlli_ikkichi
2.1K views19:04
Ochish/sharhlash
2022-05-09 19:01:09 Bugun qanday kun o‘zi?

9-Mayga, afsuski, katta eʼtibor bermaymiz, lekin qachondir O‘zbekiston SSR’ning aholisini 1/3 qismi (2 million odam) frontga ketgan va ularning 1/4 qismi qaytib kelmagan.

Tarixdagi eng katta urish 420.000 yurtdoshlarimizni o‘zi bilan olib ketgan. Urushning sababi har doim bitta - siyosat, u paytda odamlar buni shunchaki tushunmas edi, internet yo‘q edi. 

Bizda esa zamon boshqacha, janglarni videolarini YouTubeʼda tomosha qila olamiz va bu oddiy holatga aylanib qoldi. Asl holat qanchali qo‘rqinchliligini tasavvur qila olmasak kerak, biz buni ko‘rmaganmiz. 

Frontdan qaytib kelgan odamlar nimani his qilar ekan? Bitta veterandan so‘raganimda, ular aytdi: “Davlatni yutug‘iga xursand bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq yaqinlarimni yo‘qotganimga achinaman”.

9-May “G’alaba kuni” deb emas “Xotira va qadrlash kuni” deb nomlanganiga sabab bor.

@aqlli_ikkichi
2.6K views16:01
Ochish/sharhlash