Get Mystery Box with random crypto!

Jamoamda «professionallarga» o’rin yo’q O’zini mutaxassis deb | Aqlli ikkichi

Jamoamda «professionallarga» o’rin yo’q

O’zini mutaxassis deb o’ylab bu narsani ko’p eslatib turadigan ishchilar odatda hech qachon yangilik olib kelishmaydi.

Siz bir narsa qilmoqchi bo’lsangiz, ular nega sizni fikringiz ishlamasligi sabablarini topish bilan faqat band bo’lishadi.

Professionallar bilan ishlash menga qiyin, ular ko’pincha vazifa bajarishni o’rniga vazifani mavzusini chuqur tushunish illyuziyasini yaratish bilan ovora bo’lishida.

Menga shogirdlar yoqadi, ularga bittada qiyin ish bersa bo’ladi, chunki ularda solishtiruv uchun ma’lumot yo’q, ya’ni vazifa amaliyotda bajara olinmasligi haqida ular o’ylashmaydi.

Ko’p holatlarda birovlardan sal ko’proq bilish qanchali zararligini kuzatib kelyapman, chunki sal aqlliroq o’zini his qilib, ba’zilar o’ziga ko’p ishonib yuborishyapti.

O’z-o’ziga ishonch, menimcha, ish jarayonida juda xavfli, chunki u tufayli siz bilmaydigan narsalaringizni biladiganlaringiz bilan to’ldirishni boshlaysiz.

Bu jarayonda esa siz o’zingizni informatsion korobkangizda bo’lib qolasiz, ya’ni korobkadan tashqari o’yla olmaysiz.

Bitta olma yeyishni yaxshi ko’radigan odam aytgan ekan: «Stay hungry. Stay foolish».

@aqlli_ikkichi