Get Mystery Box with random crypto!

Motivatsiya yo’qligi - motivatsiya «Alohida Mavzu» YouTube ka | Aqlli ikkichi

Motivatsiya yo’qligi - motivatsiya

«Alohida Mavzu» YouTube kanalning yangi videosini bugun ko’rayotganda ichki o’zgarishlar sezdim.

Nikolas Nassim Talebning «The Black Swan» kitobini o’qigandan keyin, bir yildan beri ijtimoiy tarmoqlarga deyarli kirmayapman va yoshlarni orasidagi trendlar haqida ko’p bilmayman.

Bu odatni bir do’stim «informatsion gigiyena» deb ataydi, ya’ni iste’mol qilinayotgan kontentni saralab tanlab ko’rish.

Shu odat tufayli kerak emas narsalarga kamroq energiya sarflashni boshladim va shu quvvat endi ish va rivojlanish jarayonlariga ketyapti.

Ya’ni, miyaga bitta tushuncha berilib qo’yildi: motivatsion video yoki suhbatdan emas, balki faqat qilingan real ish va o'qilgan kitobdan olingan motivatsiya qadrli bo’ladi, chunki bu motivatsiya bizga qiyin ish qildiradi.

Moliyaviy mustaqillik darajasiga kelganingizdan keyin, sizni baribir tashqi omillar rag’batlantirishni to’xtatadi va «1 to 1» o’yinini o’zingiz bilan o’zingiz boshlaysiz*

@aqlli_ikkichi