Get Mystery Box with random crypto!

Vatan qani, sevgi qani, iymon qani, Biz ishongan, biz sig’inga | Anvar ibn Sobir

Vatan qani, sevgi qani, iymon qani,
Biz ishongan, biz sig’ingan yolg’on qani,
Shior qani, qadr qani, inson qani,
Quyosh qani, ko’z yosh qani, osmon qani?

Qismatimiz yo’qlikmidi, nochorlikmi,
O’z yerida qullikmidi, xor-zorlikmi,
Epladingiz, do’ndirdingiz tujjorlikni,
Nega jimsiz? Itlar qani, karvon qani?

Qo’rqamanki, bundan battar chog’lar kelur,
Yo’limizga siz qazigan chohlar kelur,
Dengiz-dengiz, to’lqin-to’lqin “oh”lar kelur,
Xalq qayerda, kuch qayerda, Cho’lpon qani?

Otay desam, qo’limdagi toshim yetmas,
Yig’lay desam, ko’zimdagi yoshim yetmas.
Qolay desam, bu tahqirga doshim yetmas,
Ketay desam, boshqa O’zbekiston qani?!

Anvar ibn Sobir