Get Mystery Box with random crypto!

#Yubeliy_sheʼr Bir umr hajringda ado qilguncha, O'zga xonad | ANVAR ESHNAZAROV

#Yubeliy_sheʼr

Bir umr hajringda ado qilguncha,
O'zga xonadonga kelin bo'lguncha,
Armonlar qa'rida rangim so'lguncha,
Jonimni sug'urib tashla tanamdan.

Muhabbat gulshanin xazon aylama,
Ahd-u paymonlarni arzon aylama,
Judolikda meni nolon aylama,
Iqbol topgum faqat sendek sanamdan.

Tengsizsan go'zallar ichra, go'zalim,
So'zim rost deb qasam ichma go'zalim,
Hazillashdim degin, gapir: aldadim.
Sochlarim yulmayin bundayin g'amdan.

Munkayib qoldim men yigit yoshimda,
Nahot shu savdolar bo'lsa boshimda,
Yarashadi senga bo'lmoq qoshimda,
Tafovut qolmadi o'chyotgan shamdan.
Yuragimni yoqma, Jonim alamdan.

Anvar Eshnazarov 07.03.2022