Get Mystery Box with random crypto!

Tadbirkorlarning hech bir murojaati eʼtiborsiz qoldirilmaydi | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Tadbirkorlarning hech bir murojaati eʼtiborsiz qoldirilmaydi

Bugun “Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi” doirasida boʻlib oʻtgan “Davlat boshqaruv organlari faoliyati va ularning iqtisodiyotga aralashuvi, korrupsiya hamda byurokratik toʻsiqlar” mavzusidagi panel sessiyasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov ishtirok etdi.

Qayd etildiki, tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida:

yer ajratish bilan bogʻliq barcha istisno va imtiyozlar tugatildi, hokim qarori asosida yerlarni toʻgʻridan-toʻgʻri va tekinga berish amaliyoti butunlay bekor qilindi;

117 tadan ortiq respublika darajasidagi davlat va xoʻjalik tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi;

“Oʻzbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi kurashish” Xartiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi;

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi ishlab chiqildi.

Batafsil

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz