Get Mystery Box with random crypto!

Инсон одамсимон маймунлардан ёки бошқа маймунлардан келиб чиқм | Ilm-fan | Borliq

Инсон одамсимон маймунлардан ёки бошқа маймунлардан келиб чиқмаган, балки улар ҳам биз ҳам бир умумий аждодга эгамиз.

~Maymun va odam bitta ajdodga ega emish. Maymun va odam divergensiyalangan ajdodning qazilma qoldiqlari topilmagan. Lucy, Nebraska, Piltdawn, Orce, Yava odamlarini ko'rsatib o'tishgan. Keyinchalik Lucy maymun ekanligi, qolgan ikkisi soxtalashtirib ko'rsatilgani aytilgan. Xattoki bittasi eshak kallasi bo'lgan.( Agar skeptiklar yo'q bo'lganda eshakni kallasini meni ajdodim deb yurgan bo'lar eding).U odam va maymunning birlashtiruvchi ajdodi deyilgan edi. Yoshlar-beboshlar. 9 ta firibgarlik.( Firibgarliklar asosan paleontalogiyada). Achinarli tomoni bu firibgarliklar hammasi ham boshida dalil sifatida ko'rilgan. Keyinchalik skeptik insonlar o'rganib firibgarlik ekanini aniqlashgan.


Эволюция бир зумда содир бўлиб қолмайди. У катта ўзгаришларни кўрсатиш учун миллионлаб йиллар давом этиши керак бўлган жараён.

~Millon yil? Tasodifan bo'lishi uchun millard yil ham kam.
E'tiborli tomoni 1ta tur 2-yod begona turga o'zgarishi uchun tashqi muhit o'zgarishi kerak. Va asta-sekin variatsiya to'planib boradi. Million yil vaqt davomida tashqi muhit bir xil turmaydi o'zgarib olsin shu turcha deb. Bu mexanizmi mutatsiya. Mutatsiya esa yangi foydali belgini genomda saqlab qolmaydi. Ko'p normal populyatsiya ichida kam sonli anormal tur saqlanib nasl qoldira olmaydi. Keyin turlar bir biri bilan xramasoma soni farq qiladi. Xo'sh bunga javob nima?
Bu muammo Karl sen uchun. odatda xramasoma soni genom mutatsiyasi tufayli sodir bo'ladi. Va individ nasl bermaydi. Mantiq yo'q ekan.

Эволюциянинг асосий тушунчалари кўплаб ДНК таҳлиллари ва полеонтологик далиллар билан тасдиқланган фактлардир.

~DNK, genom bilan o'tkazilgan tajribalar barcha turlar bir vaqtda hosil bo'lgan deb takidlaydi!!!Paleontologiya ham. Paleontologiya faqat mantidek fikrovchilar uchun ishlamaydi.
Trilobitlar- qisqichbaqalar va qisqichbaqalarga o'xshash mayda dengiz umurtqasizlaridir. Ular Yerda 600 million yil oldin paydo bo'lgan va 260 million yil oldin yo'q bo'lib ketgan. Evolutsion tafakkurga ko'ra, o'sha paytda insonlar bo'lmagan. Insoniyat sivilizatsiyasida odamlarning poyabzal kiyish tarixi ko'pi bilan uch-to'rt ming yilni tashkil etadi. Biroq, trilobitga qadam qo'ygan poyabzal qoldiqlari topildi. Bunday qoldiqlar ko'p.

Инсоният ҳали ҳам эволюцияланмоқда. Дарҳақиқат, барча катта ёки кичик ҳайвонлар микроеволюция орқали доимий равишда ривожланмоқда.


~ Avval buni o'qilar. Sivilizatsiya, Evolutsiya. Xo'sh farqini bilindimi? Darwin ham ispinozlar tumshug'iga qarab makroevolutsiya uchun xulosa chiqargan. Makroevolutsiyaga dalill bormi. Paleontologiyaga qara. 2-5 foiz topilgan suyakni tashqi tuzilishiga qarab solishtirish bu dalil emas tahminiy xulosa bo'ladi. Keyin Oraliq turlarning qazilmalari yo'q! 1 trln tur o'zgargan hozirga qadar deyishgan. Nega ularning qoldiqlari yo'q unda???.
Xullas o'qishga bir nima

Шимпанзе ва инсон ДНК ўхшашлиги 99% га тенг. Яъни келиб чиқиш яқинлашган сари ДНК ўхшашлиги ҳам яқинлашаверади.

~Mohiyatiga yetmagan chala bilim.
Inson genomi 25 foizi shimpanze genomi 18 foizini hisoblamay qolgan qismlar hisoblanganda 98.7 foiz o'xshashlik bor. Maymun genomi 10 foiz uzun buni ham unutmaslik kerak. Nega 25, 18 foiz qismlarni kesib tashlab keyin o'xshashlik aniqlanadi? 100 foiz aniqlab bo'lmaydi shuning uchun o'xshamagan qismlar olib tashlanadi.
DNKadagi 4ta harf A,T,G,S ga qarab o'xshashlik aniqlanadi. 4ta harf oldindan 25 foiz tahminiy o'xshashlik aglutinatsiyasi bor. 10 foiz uzun. 25 va 18 foiz kesib tashlanyabdi. 99 foiz o'xshash degan argumentdan voz kechiladigan payt keldi. Chunki genomidagi HARlarni ham hisobga olish kerak.

P.s Xullas aqlingizni charxlang


@Ilmfanvaborliq